Edip
Bu sahifa Qadimgi yunon dini turkumining bir qismi |
Yunon mifologiyasi |
---|
Xudolar |
Qahramonlar va qahramonlik |
aloqador |
|
Edip — yunon mifologiyasida Fiva shahrining shohi. Avvalgi shoh Lay va uning xotini Iokastaning oʻgʻli. Edip tugʻilgandan keyin otasining buyrugʻiga binoan (otasiga oʻz oʻgʻli tomonidan oʻldirilishi bashorat qilib aytilgani uchun) Kiferon togʻiga tashlab kelinadi. Choʻponlar tomonidan qutqarib qolingan Edipni Korinf podshosi Polib tarbiyalaydi. Voyaga yetgan Edip Fivaga yoʻl oladi va oʻzi bilmagan holda otasini oʻldirib, Fiva taxtini egallaydi hamda onasiga uylanadi. Oʻzining mudhish jinoyatini keyinchalik bilgan Edip oʻz koʻzini oʻyadi va sodiq qizi Antigona hamrohligida Fivadan chiqib ketadi. Afina chekkasidagi Kolon degan joyda vafot etadi. Dunyo adabiyotida, jumladan, Sofoklning "Shoh Edip", Volterning "Edip" asarlarida Edip obrazi yorqin talqin etilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |