Kontent qismiga oʻtish

Toyone

Koordinatalari: 35°8′47.4″N 137°43′11.4″E / 35.146500°N 137.719833°E / 35.146500; 137.719833
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toyone

豊根村
Qishloq
Skyline of Toyone
Toyone
Bayroq
Toyone
Gerb
35°8′47.4″N 137°43′11.4″E / 35.146500°N 137.719833°E / 35.146500; 137.719833
Mamlakat Yaponiya
Viloyat [[Chūbu viloyati
Tōkai viloyati]]
Prefektura Aichi
Yaponiya tumanlari|tuman Kitashitara
Maydon 155.88 km2 (60.19 kv mi)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2019-yil 1-oktyabr)
1 031 kishi
Zichligi 6.6 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0536-85-1311
Toyone xaritada
Toyone
Toyone
Kamikurogava, Toyone

Toyone (yaponcha: 豊根村 Toyone-mura?) Yaponiyadagi Aichi prefekturasi, Kitashitara tumanidagi qishloq. 2019-yil 1-oktyabr holatiga qishloqdagi 507 ta xonadonda 1031 nafar aholi istiqomat qiladi[1], aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 6,61 nafar kishidan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 155,88 kvadrat kilometr (60,19 milya) ga teng.

Toyone qishloqchasidagi aholining koʻpayish darajasi

Toyone Aichi prefekturasining eng shimoli-sharqiy burchagida joylashgan. Qishloqning katta qismi Tenryu-Okumikava kvazi-milliy bogʻi chegaralarida oʻrnashgan. Shizuoka prefekturasidagi Sakuma toʻgʻonidan suv ombori qishloqqa qadar choʻzilgan. Shintoyone toʻgʻoni ham Toyone chegaralarida bunyod etilgan.

Qoʻshni munitsipalitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aichi prefekturasi

Nagano prefekturasi

Shizuoka prefekturasi

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[2], Toyone aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida tez kamayib bormoqda.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
19405,193—    
19505,414+4.3%
19604,61−14.9%
19703,865−16.2%
19802,126−45.0%
19901,813−14.7%
20001,629−10.1%
20101,337−17.9%

Qishloq issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Toyone shahrida oʻrtacha yillik harorat 12,2 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2192 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23,8 °C atrofida, eng past harorati esa yanvarda, 0,9 °C atrofida boʻladi[3].

Toyone qishlogʻi 1889-yil 1-oktyabrda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan. 1955-yilda qoʻshni Shizuoka prefekturasidan Sakuma toʻgʻonining koʻtarilishi natijasida Toyonning markaziy qismini suv bosdi hamda qishloq aholisining uchdan bir qismidan koʻprogʻini koʻchirishga majbur boʻldi. 2005-yil 27-noyabrda Tomiyama qishlogʻi Toyone bilan birlashtirildi.

Toyonening asosiy sanoati kichik oʻrmon xoʻjaligi va mavsumiy turizmga asoslanadi. Qishloq gidroenergetika sanoastidan ham daromad oladi.

Taʼlim tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toyoneda qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabi hamda bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Qishloqda davlat yuqori maktabi mavjud emas, lekin bitta xususiy yuqori maktab mavjud boʻlib, u Toyohashi shahridagi Sakuragaoka yuqori maktabining filiali hisoblanadi.

Toyone yoʻlovchi temir yoʻl xizmatiga ega emas.

Magistral yoʻl

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Milliy yoʻnalish 151
Toyone boshlangʻich maktabi
Toyonedagi qishloq offisi filiali
Yunoshima issiq bulogʻi
Toyone-ohashi koʻprigi
Komadate