Toyoyama
Toyoyama 豊山町 | |
---|---|
Shaharcha | |
35°15′1.8″N 136°54′43.7″E / 35.250500°N 136.912139°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Viloyat |
[[Chūbu vloyato Tōkai viloyati]] |
Prefektura | Aichi |
Yaponiya tumanlari|tuman | Nishikasugai |
Maydon | 6.18 km2 (2.39 kv mi) |
Aholisi (2019-yil) |
15 630 kishi |
Zichligi | 2500 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9 |
Telefon kodi | 0568-28-0001 |
|
Toyoyama (yaponcha: 豊山町 Toyoyama-chō ) Yaponiyadagi Aichi prefekturasining Nishikasugai tumanida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, shahardagi 6757 ta xonadonda 15630 nafar aholi istiqomat qiladi, aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 2529 nafarni tashkil etadi[1]. Shaharning umumiy maydoni 6,18 kvadrat kilometr (2,39 mi²) ga teng.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toyoyama markaziy Aichi prefekturasining tekislik hududida joylashgan. Shahar hududining uchdan bir qismini Nagoya aerodromi egallaydi.
Qoʻshni munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Aichi prefekturasi
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[2], Toyoyama aholisi soni soʻnggi 20 yil ichida oʻsib bormoqda.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1940 | 3,713 | — |
1950 | 4,265 | +14.9% |
1960 | 4,612 | +8.1% |
1970 | 11,005 | +138.6% |
1980 | 13,693 | +24.4% |
1990 | 13,213 | −3.5% |
2000 | 13,001 | −1.6% |
2010 | 14,404 | +10.8% |
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar iqlimi issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflanadi (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Toyoyamada oʻrtacha yillik harorat 15,8 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1713 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 28,2 °C atrofida, eng past harorati esa yanvarda, 4,4 °C atrofida boʻladi[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aoyama va Toyoba qishloqlari 1889-yil 1-oktyabrda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining tashkil etilishi bilan Aichi Nishikasugai tumani tarkibida tashkil etilgan. Shahar qishloqlari 1906-yil 16-iyulda Toyoyamani tashkil qilish uchun birlashtirildi. Toyoyama 1972-yil 1-aprelda shaharcha maqomiga koʻtarildi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mitsubishi Heavy Industries Aerokosmik boʻlimi Toyoyamada Mitsubishi Regional Jet mashinasini yigʻish bilan shugʻullanadi. Umumiy aviatsiya operatori Nakanihon Air Service ham Toyoyama shahridagi aeroport hududida joylashgan[4]. Toyoyamada Nagoya markaziy ulgurji bozori ham joylashgan.
Taʼlim tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toyoyamada uchta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi faoliyat yuriatdi.
Transport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aeroport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toyoyamada yoʻlovchi temir yoʻl xizmati mavjud emas.
Magistral yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toyoyamaning taniqli odamlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ichiro Suzuki, beysbolchi[5].
- Tae Honma, professional kurashchi.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toyoyama Town official statistics (yaponcha)
- ↑ Toyoyama population statistics
- ↑ Toyoyama climate data
- ↑ „Welcome To Nakanihon Air Service Station“. Nakanihon Air Service. Qaraldi: 2011-yil 9-avgust.
- ↑ „A Seeker on the Diamond“. Aichi Prefecture. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-sentyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayti (yaponcha)