The North Face
Turi | filial kompaniya |
---|---|
Tarmogʻi | sport tovarlari |
Egasi | VF Corporation |
Qachon asos solingan | 11966-yil, San Francisco, Kalifornia, AQSH |
Hududiy xizmati | dunyo boʻylab |
Asoschi(lari) | |
Rahbariyat | Arne Arens, Global Brand Prezidenti |
Mahsulot(lar)i | kiyim-kechak |
The North Face — Amerikaning ochiq havoda dam olish va sport mashgʻulotlariga moʻljallangan ishlab chiqarish kompaniyasi. The North Face kompaniyasi turistlar, alpinistlar va togʻga koʻtariluvchilar uchun ustki kiyimlar, poyabzallar va shu kabi tovarlar ishlab chiqaradi. Kompaniya logotipiga 1966-yilda Yosemite National Parkdagi Half Domedan ilhomlangan holda alpinistlarga kerakli sport mahsulotlarini yetkazib berish maqsadida asos solingan[1]. 1990-yillarning oxiriga kelib, kompaniya logotipi mahsulot ishlab chiqarish sohasini kengaytirib, faqatgina sportchilar uchun emas, balki kundalik turmush tarzida koʻcha-koʻyda kiyib yurish uchun ham moʻljallangan mahsulotlar yaratishga eʼtiborini qaratdi, 2000-yillardan boshlab logotip ostida koʻcha uslubidagi kiyimlar ishlab chiqarish ham boshlandi. 2000-yilda esa The North Face kompaniyasi VF korporatsiyasi tomonidan sotib olingan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]The North Face kompaniyasiga 1966-yilda San Franciscoda Douglas Tompkins va uning rafiqasi Susie Tompkins tomonidan alpinistlar uchun togʻga chiqish mahsulotlari ishlab chiqarish maqsadida chakana savdo doʻkoni sifatida asos solingan[2]. Oradan ikki yil oʻtib, kompaniya Kenneth "Hap" Klopp tomonidan sotib olingan[2][3].
The North Face kompaniyasi logotipi Yosemit National Parkda joylashgan Half Dome chizmasidan ilhomlangan holda yaratilgan[4].
2000-yilda The North Face kompaniyasi VF Corporation tomonidan 25,4 million AQSh dollariga sotib olinadi va kompaniya toʻliq egalik qilish huquqiga ega shoʻba korxonaga aylanadi[5][6].
Kompaniyaning shtab-kvartirasi dastab Kaliforniyaning Alameda shahrida joylashgan boʻlib, uning korporativ ukasi JanSport bir joyda joylashgan edi[7]. 2020-yilda kompaniyaning bosh manzilgohi Kolorado shtatining Denver shahriga koʻchirildi[8].
Moda
[tahrir | manbasini tahrirlash]1997-yilga kelib, The North Face liboslarini sotib oluvchilar Nyu-York shahridagi rapperlar uchun changʻi, togʻga chiqish va boshqa ochiq havoda oʻtkaziladigan mashgʻulotlar uchun texnik kiyim ishlab chiqarishdan tashqari oʻz savdosini yanada kengaydi, ammo avvalgi ishlab chiqariladigan tovarlar kompaniya biznesining kichik bir qismi boʻlib qoldi[9].
2005-yilda Prince George okrugi, Marylandda The North Face brendi liboslarini kiyib yuruvchi shaxslar talonchilik ramzi hisoblanishgan[10][11]. Shunga oʻxshash tendensiya yaʼni yosh bolalarning bezorilikka qoʻl urishlari yoki The North Face brendi kiyimlarini oʻgʻirlashlari koʻp kuzatila boshlangan[3].
Bahslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]South Butt
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008-yil dekabr oyida The North Face kompaniyasi Amerika Qoʻshma Shtatlarining Missuri sharqiy okrugi sudiga The South Butt, uning asoschisi James A. Winkelmann Jr., firmaning marketingi va ishlab chiqarishi bilan shugʻullanuvchi kompaniyaga qarshi daʼvo arizasi bilan murojaat qildi. Daʼvoga koʻra The North Face savdo belgisi huquqlarining buzilganligini va kompaniya huquqlarini himoya qilish choralarini talab qildi[12]. Ushbu sud ishi bo‘yicha mediatsiya tartibini belgilaganidan so‘ng taraflar 2010-yil 1-aprelda yopiq kelishuvga erishilgan, ammo 2012-yil oktabr oyida Winkelmann sudda otasi bilan birgalikda The North Face kompaniyasi bilan kelishuv bitimini buzganliklarini tan oladi va 65 000 AQSh dollari to‘lashga rozi bo‘ladi, keyinchalik bu miqdor har oyda 1 000 AQSh dollariga kamaytiriladi[13][14].
Vikipediya tahrirlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yilning may oyida Braziliya The North Face marketing agentligi Leo Burnett Tailor Made qidiruv tizimi natijalarida maxfiy ravishda Vikipediyadagi ochiq yo‘nalishdagi dunyoga mashhur suratlarni The North Face kompaniyasi mahsulotlarini yanada ko‘zga ko‘rinarliroq ko‘rsatish maqsadida The North Face mahsulotlarini kiygan shaxslar aks etgan suratlarga almashtirganliklarini maʼlum qiladi[15]. Ommaviy axborot vositalarida keng tarqalgan ushbu vaziyat va Wikimedia Foundation tanqididan soʻng[16] bu vaziyat uchun The North Face kompaniya nomidan uzr soʻraydi va mahsulot suratlarini joylashtirish bekor qilinadi[17][18].
Hisob maʼlumotlarini toʻldirish hujumi
[tahrir | manbasini tahrirlash]The North Face vebsaytiga hisob maʼlumotlarini toʻldirish hujumi 2022-yil 26-iyulda boshlangan. Biroq vebsayt maʼmurlari 11-avgust kuni bir „gʻayrioddiy faoliyat“ni aniqlaydilar va bu ishlarni 19-avgustga qadar toʻxtatishga muvaffaq boʻlishadi. Ush bu holat natijasida 194 905 mijoz hisoblari noqonuniy ravishda buzilgani aniqlangan[19].
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- VF Corporation
- Biography of Hap Klopp, founder of The North Face (archived)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Our History“.
- ↑ 2,0 2,1 Finz, Stacey. „Business booming for once-troubled North Face“. San Francisco Chronicle (2012-yil 8-aprel). Qaraldi: 2015-yil 10-dekabr.
- ↑ „The North Face“. Bruce B. Johnson's History of Gear. Bruce B. Johnson.
- ↑ „North Face Logo | Design, History and Evolution“ (en-US). famouslogos.net. 2021-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-oktyabr.
- ↑ „The North Face Acquired by VF Corp. in $25.4M Cash Deal“ (en). Sports Business Daily (2000-yil 10-aprel). Qaraldi: 2019-yil 19-may.
- ↑ „VF Corporation – VF in the News“. vfc.com. VF Corporation.
- ↑ Horovitz, Bruce. „New 'badge' of cool: High-tech, high-fashion backpacks“. USA Today (2007-yil 20-avgust), s. 1A. Qaraldi: 2009-yil 1-sentyabr.
- ↑ „VF Corp. To Split Into Two Independent, Publicly Traded Companies“. SGBOnline.com. SGB Media (2018-yil 13-avgust). Qaraldi: 2022-yil 14-mart.
- ↑ Szabo, Julia. „Geared for the Grocery, or Mount Everest“. New York Times (1997-yil 9-mart). Qaraldi: 2019-yil 30-may.
- ↑ „Suspects nabbed in jacket, car robberies“. The Washington Times (2005-yil 14-fevral), s. 2.
- ↑ Takanashi. „How The North Face Took Over '90s New York“ (en). The Cut (2018-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 31-may.
- ↑ Frankel. „The North Face is suing The South Butt International clothing company accuses teen's Ladue-based operation of trademark infringement“. STLtoday.com (2009-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 20-oktyabr.
- ↑ Billhartz Gregorian. „North Face, South Butt reach agreement“. STLtoday.com (2010-yil 3-aprel). Qaraldi: 2011-yil 8-dekabr.
- ↑ „South Butt Clothing Falls Off a Cliff“. courthousenews.com. Courthouse News Service (2012-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 22-oktyabr.
- ↑ „The North Face used Wikipedia to climb to the top of Google search results“. Ad Age (2019-yil 28-may). 2019-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-avgust.
- ↑ „Let's talk about The North Face defacing Wikipedia“. WikimediaFoundation.org. Wikimedia Foundation (2020-yil 13-mart). 2020-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-avgust.
- ↑ Mervosh, Sarah. „North Face Apologizes for Adding Its Own Photos to Wikipedia to Promote Its Brand“. The New York Times (2019-yil 30-may). 2019-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-noyabr.
- ↑ „Bootnotes: Egg on North Face: Wikipedia furious after glamp-wear giant swaps article pics for sneaky ad shots – and even brags about it in a video“. The Register. Situation Publishing (2019-yil 29-may).
- ↑ Mike Moore. „Thousands of North Face customers accounts hacked, personal data stolen“ (en). TechRadar (2022-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 14-sentyabr.