Logotip
Qiyofa
Logotip (qadimgi yunoncha: λόγος (lógos) – „soʻz, nutq“ + τύπος (túpos) – „belgi, iz“) — 1) Ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxona yoki muayyan faoliyat bilan shugʻullanuvchi tashkilotning grafik shakldagi oʻziga xos tamgʻasi, ramzi; 2) Bosmaxona tizimida eng ko‘p qo‘llanuvchi harf, boʻg‘in yoki biror-bir belgining metalldan (ba’zan yog‘ochdan) tayyorlanib, qo‘lda teriladigan quymasi; qadimiy poligrafik litera[1].
Logotip turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Logotip 4 ta asosiy elementdan tarkib topadi. Bular rang, tipografiya, tasvir va shiordir. Zamonaviy logotiplarning bir qancha turlari bor:
- Monogram (or lettermark) logo — bu harflardan iborat logotiplar. Odatda brendning bosh harflaridan tashkil topadi. Masalan: IBM, HP, CNN, NASA.
- Wordmark logo — bu shriftga asoslangan logotip boʻlib, u asosan biznes nomiga qaratiladi. Masalan: Visa, Coca-Cola, Google.
- Pictorial mark logo — tasviriy, piktogramma yoki grafik belgiga asoslangan logotip. Bu turga misol qilib Apple, Twitter kabi kompaniyatlarning logotiplarini olishimiz mumkin.
- Abstract logo — bu tasviriy logotipning oʻziga xos turi. Apple yoki Twitter logotiplari kabi taniqli, aniq tasvir oʻrniga, bu biznesni ifodalovchi mavhum geometrik shakldan iborat boʻladi. Bunga misol Pepsi va Adidas logotiplari.
- Mascot logo — koʻpincha rang-barang, baʼzan esa multfilmga oʻxshash, tasvirlangan xarakterga ega boʻlgan logotiplardir. Misol tariqasida KFC, Pomidor Doʻppi logotiplarini keltirishim mumkin.
- Combination mark — soʻz, grafik belgi yoki mascot logolari birlashgan turi. Belgi va matn yonma-yon joylashtirilishi, bir-birining ustiga qoʻyilishi yoki umumiy tasvir yaratish uchun birlashtirilishi mumkin. Masalan: Burger King, Lacoste, Paynet.
- Emblem — belgi yoki belgi ichidagi soʻzlardan iborat logotip turi. Koʻpincha maktablar, tashkilotlar yoki davlat idoralari uchun qoʻllanadi. Masalan: Starbucks.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023 — 964-bet. ISBN 978-9943-8834-4-4.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |