Kontent qismiga oʻtish

Temur Ayupov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Temur Ayupov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Temur Ayupov
Tavallud sanasi 28-mart 1993-yil (1993-03-28) (31 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston
Boʻyi 183 cm (6 ft 0 in)
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2015 Bunyodkor 18 (4)
2015—2016 Buxoro 5 (0)
2018 Panegialios Gretsiya 9 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Temur Ayupov (ruscha: Аюпов, Тимур; 1993-yil 28-mart, Toshkent) – oʻzbekistonlik futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paxtakor futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Birinchi murabbiyi Dimitriy Makarovich. Temur 2012-yildan 2015-yilgacha Toshkentning „Bunyodkor“ klubi tarkibida oʻynagan. 2015-yilgi mavsumda „Buxoro“ jamoasi tarkibida mashgʻulotlar olib borgan va Oʻzbekiston Superligasida 5 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2016-yilda Buxoro jamoasi tark etgan va ikki yil davomida (2016—2017) professional futbolchi sifatida faoliyat olib bormagan.

2018-yilda Gretsiyaning „Panegialios“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[1]. 2018-yil 19-fevralda Gretsiya jamoasi tarkibidagi debyut oʻyinida gol kiritgan, ammo jamoasi yakunda 3-1 hisobida magʻlub boʻlgan[2]. 2019-yil yozgi transfer oynasida „Bunyodkor“ klubiga qaytgan ammo oʻyinlarda ishtirok etmagan[3].