Taylor Swift
Taylor Swift | |
---|---|
Swift 2023-yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Taylor Alison Swift 13-dekabr 1989-yil West Reading, Pennsilvaniya, AQSh |
Janrlar | |
Kasbi | |
Faoliyat yillari | 2004 – hozirgacha |
Leybllar | |
Fuqaroligi | AQSh |
Amplua | |
Mukofotlari | Toʻliq roʻyxat |
Veb-sayt | taylorswift.com |
Imzosi | |
Taylor Alison Swift (talaffuzi: Teylor Elison Svift; 1989-yil 13-dekabrda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi[2], qoʻshiqnavis va aktrisadir. Pennsilvaniyaning West Reading shahrida tugʻilib[5], Wyomissing shahrida oʻsgan. Swift oʻn toʻrt yoshida kantri-qoʻshiqchi boʻlish uchun Tennesseening Nashville shahriga koʻchgan. U Big Machine Records mustaqil studiyasi bilan shartnoma imzolab, Sony/ATV Music yollagan eng yosh qoʻshiqnavisga aylangan. Swiftning 2006-yilda eponimik debyut albomi chiqishi uni yoʻlga tushgan kantri-yulduziga aylantirgan. Albomga kiritilgan „Our Song“ qoʻshigʻi Swiftni Hot Country Songs chartida birinchilikni olgan eng yosh qoʻshiqnavis va ijrochiga aylantirgan. 2008-yilda „Eng yaxshi yangi artist“ nominatsiyasida Grammy mukofotiga nomzod etib koʻrsatilgan.
Swiftning ikkinchi albomi – Fearless 2008-yilda chiqarilgan. „Love Story“ va „You Belong with Me“ singllarining pop krossover muvaffaqiyati bilan koʻtarilgan Fearless 2009-yilda eng koʻp sotilgan albom boʻlgan va miqyosli turnelar bilan dastaklangan. Albom 52-Grammy taqdirlash marosimida toʻrtta mukofot olib, Swiftni Yil albomi mukofotiga loyiq koʻrilgan eng yosh ijodkorga aylantirgan. Swiftning uchinchi albomi boʻlmish Speak Now 2010-yilda eʼlon qilingan. Albom AQShda birinchi haftadayoq bir milliondan ortiq nusxada sotilib, Speak Now World Tour konsertlari bilan dastaklangan. Albomning uchinchi singli – „Mean“ ikkita Grammy mukofoti bilan taqdirlangan. Swiftning toʻrtinchi Red nomli toʻrtinchi albomi 2012-yilda omma eʼtiboriga taqdim etilgan. Albom AQShda birinchi haftada 1,2 million nusxada sotilib, Swiftni birinchi haftada eng koʻp albom sotgan ayol ijrochiga aylantirgan. Albomning „We Are Never Ever Getting Back Together“ va „I Knew You Were Trouble“ singllari umumjahon boʻylab hit boʻlgan.
Swift qoʻshiqlarida oʻzining oʻsmirlik va ulgʻaygan hayotidagi tajribalari haqida kuylaydi. Qoʻshiqnavis sifatida u Nashville qoʻshiqnavislar uyushmasi va Qoʻshiqnavislar shuhrat zali tomonidan izzatlanadi. Swiftning boshqa yutuqlariga 12 ta Grammy, 40 ta Billboard Music Awards, 40 ta American Music Award va 23 ta MTV Video Music Award mukofotlari kiradi. U dunyo boʻylab 26 milliondan oshiq albom va 75 milliondan ortiq raqamli singl sotgan. Forbes jurnaliga binoan uning boyligi $1,1 milliardga baholanadi[6][7]. Musiqa faoliyatidan tashqari, Swift Valentine's Day (2010) va The Lorax (2012) filmlarida ishtirok etgan. Filantrop sifatida Swift sanʼat taʼlimi, bolalar savodxonligi, tabiiy ofatlarda yordam, LGBT huquqlari va kasal bolalarga xayriyalarda qatnashadi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taylor Alison Swift 1989-yil 13-dekabrda AQShning Pennsilvaniya shtatidagi West Reading shahrida tavallud topgan[8][9]. Otasi Scott Kingsley Swift birja brokeri sifatida „Merrill Lynch“ shirkatida ishlagan. Onasi Andrea Gardner Swift (qizlik familiyasi Finlay) marketing boʻyicha menejer boʻlgan[10]. Ota-onasi unga qoʻshiqchi James Taylor sharafiga „Taylor“ deb ism qoʻyishgan[11]. Taylorning Austin ismli ukasi ham bor[12]. Taylor kelib chiqishiga koʻra shotland, olmon va italyan millatiga mansub ajdodlarga ega[13].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Swift 12 karra Grammy,[14] 1 karra Emmy,[15] 40 karra American Music Award,[16] 39 karra Billboard Music Award,[17] 23 karra MTV Video Music Award,[18] 12 karra Country Music Association Award,[19] 8 karra Academy of Country Music Award[20] hamda 2 karra Brit[21] sovrindoridir. Shuningdek, 118 marta Guinness rekordlar kitobiga kiritilgan[22]. Qoʻshiqnavis oʻlaroq Nashville qoʻshiqnavislar uyushmasi[23][24] va Qoʻshiqnavislar shuhrat zali tomonidan eʼtirof etilgan. 2015-yilda Rolling Stone jurnali tuzgan „Tarixdagi 100 eng yaxshi qoʻshiqnavis“ roʻyxatidan oʻrin olgan[25][26]. 2016-yilda BMI taqdirlash marosimida „Taylor Swift“ mukofoti sovrindori boʻlgan va oʻzining ismi bilan atalgan mukofot bilan taqdirlangan birinchi ayolga aylangan[27].
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Taylor Swift (2006)
- Fearless (2008)
- Speak Now (2010)
- Red (2012)
- 1989 (2014)
- Reputation (2017)
- Lover (2019)
- Folklore (2020)
- Evermore (2020)
- Midnights (2022)
- The Tortured Poets Department (2024)
Turnelari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Fearless Tour (2009–2010)
- Speak Now World Tour (2011–2012)
- The Red Tour (2013–2014)
- The 1989 World Tour (2015)
- Reputation Stadium Tour (2018)
- The Eras Tour (2023–2024)
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Filmlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nom[28] | Rol |
---|---|---|
2009 | Jonas Brothers: The 3D Concert Experience | Oʻzi |
Hannah Montana: The Movie | ||
2010 | Valentine's Day | Felicia Miller |
2012 | The Lorax | Audrey |
2014 | The Giver | Rosemary |
2015 | The 1989 World Tour Live | Oʻzi |
2018 | Taylor Swift: Reputation Stadium Tour | |
2019 | Bluebird | |
Cats | Bombalurina | |
2020 | Miss Americana | Oʻzi |
Taylor Swift: City of Lover | ||
Folklore: The Long Pond Studio Sessions | ||
2021 | All Too Well: The Short Film | Oʻzi |
2022 | Amsterdam | Liz Meekins |
2023 | Taylor Swift: The Eras Tour | Oʻzi |
Televideniye
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nom[29] | Yil | Rol |
---|---|---|
Good Morning America | 2006; 2008; 2012; 2014; 2019–2021 | Oʻzi |
Once Upon a Prom | 2008 | |
2008 MTV Video Music Awards | 2008 | |
CMT Crossroads | 2008 | |
The Ellen DeGeneres Show | 2008–2012; 2014; 2019 | |
CSI: Crime Scene Investigation | 2009 | Haley Jones |
2009 MTV Movie Awards[30] | Maktab oʻquvchisi | |
Late Night with Jimmy Fallon | Oʻzi | |
Saturday Night Live | ||
Journey to Fearless | 2010 | |
Take Two with Phineas and Ferb | 2011 | |
2011 CMT Music Awards | ||
Punk’d | 2012 | |
20/20 | ||
VH1 Storytellers | ||
The Jonathan Ross Show | ||
The GRAMMY Nominations Concert Live | ||
60 Minutes | 2012–2013 | |
Alan Carr: Chatty Man | 2012; 2014 | |
New Girl | 2013 | Elaine |
CBS This Morning | 2013–2014 | Oʻzi |
The Voice | 2013–2014; 2019 | |
Saturday Night Live | 2014; 2017; 2019; 2021; 2023 | |
Late Night With Seth Meyers | 2014; 2021 | |
The View | 2014 | |
The Talk | 2014 | |
Jimmy Kimmel Live! | 2014; 2020 | |
Barbara Walters' 10 Most Fascinating People | 2014 | |
The Graham Norton Show | 2013–2014; 2019; 2022 | |
The Tonight Show Starring Jimmy Fallon | 2014–2015; 2019; 2021–2022 | |
Saturday Night Live 40th Anniversary Special | 2015 | Oʻzi/Alison |
The Tonight Show Starring Jimmy Fallon | 2017 | Oʻzi |
2019 NFL Draft | 2019 | |
CBS News Sunday Morning | ||
Kids Say the Darndest Things | ||
Strictly Come Dancing | ||
The Today Show | ||
The Late Late Show with James Corden | ||
One World: Together at Home | 2020 | |
Dear Class of 2020 | ||
Selena + Chef | ||
The Late Show with Stephen Colbert | ||
Impact x Nightline | 2022 | |
2023 | ||
Dancing with the Stars |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Wilson, Benji. „Taylor Swift – the meteoric rise of pop's brightest new star“. Daily Mail. London: Associated Newspapers Ltd (25-oktyabr, 2009). 2-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-oktyabr, 2009.
- ↑ 2,0 2,1 Leahey, Andrew; Frye, Megan. „(((Taylor Swift > Obzor)))“. Allmusic. Rovi Corporation. Qaraldi: 25-oktyabr, 2009.
- ↑ „Taylor Swift, Billboard's Best-Selling Artist of 2008, Announces 'Fearless 2009' Headlining Tour“. Big Machine Records (30-yanvar, 2009). 6-iyun 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar, 2009. (Wayback Machine saytida 6-iyun 2009-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ „Taylor Swift... The Interview!“. BBC Radio One (17-fevral, 2009). 7-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-fevral, 2009.
- ↑ Widdicombe, Lizzie. „You Belong With Me“ (10-oktyabr, 2011). 8-oktyabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 11-oktyabr.
- ↑ Dellatto, Marisa (October 27, 2023). „Taylor Swift's New Era: The Pop Star Becomes A Billionaire“. Forbes. Qaraldi: October 29, 2023.
- ↑ Pendleton, Devon; Ballentine, Claire; Patino, Marie; Whiteaker, Chloe; Li, Diana. „Taylor Swift Vaults Into Billionaire Ranks With Blockbuster Eras Tour“. Bloomberg News (2023-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Taylor Swift: The record-breaking artist in numbers“. CBBC Newsround. 8-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-oktyabr 2020-yil.
- ↑ Sutherland, Mark. „Taylor Swift interview: 'A relationship? No one's going to sign up for this'“. The Telegraph (23-may 2015-yil). 29-oktyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-oktyabr 2020-yil.
- ↑ Jepson, Louisa. Taylor Swift. Simon & Schuster, 2013 — 1-bet. ISBN 978-1-4711-3087-8. Qaraldi: 16-avgust 2016-yil. (Wayback Machine saytida 29-iyul 2017-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ Scott, Walter (11-iyun 2015-yil). „What Famous Pop Star Is Named After James Taylor?“. Parade. 15-oktyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-dekabr 2018-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () (Wayback Machine saytida 15-oktyabr 2016-yil sanasida arxivlangan) - ↑ Roth, Madeline. „Taylor Swift's Brother Had The Most Epic Graduation Weekend Ever“. MTV News (19-may 2015-yil). 23-iyul 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyul 2016-yil.
- ↑ „Taylor Swift tells Scotland: 'I am one of you'“. The Independent (24-iyun 2015-yil). 31-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyul 2019-yil.
- ↑ „Taylor Swift“. The Recording Academy. 12-avgust, 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-avgust 2016-yil. (Wayback Machine saytida 12-avgust 2016-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ Friedlander, Whitney. „Taylor Swift, Jimmy Fallon Among Juried Emmy Award Winners“. Variety (10-sentyabr, 2015). 15-sentyabr, 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-avgust, 2016.
- ↑ „American Music Awards 2019: Taylor Swift takes artist of the decade in record-breaking haul“ (25-noyabr 2019-yil). 7-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-dekabr 2019-yil.
- ↑ Grein, Paul (23-aprel 2019-yil). „Taylor Swift Leads the Top Billboard Music Award Winners of All Time“. Billboard. 24-oktyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-dekabr 2019-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Blistein, Jon; Guglielmi, Jodi (September 13, 2023). „Taylor Swift Makes History at 2023 VMAs“. Rolling Stone. September 13, 2023da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: September 13, 2023.
- ↑ Lewis, Randy „Taylor Swift to receive rare Pinnacle Award at CMA Awards Nov. 6“. Los Angeles Times (4-noyabr 2013-yil). 2020-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-may 2020-yil.
- ↑ „Taylor Swift Nashville Tickets“. Excite. 3-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2015-yil. (Wayback Machine saytida 3-fevral 2015-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ Jonze, Tim „Taylor Swift wins international female solo artist at Brit awards 2015“. The Guardian (25-fevral 2015-yil). 1-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-aprel 2015-yil. (Wayback Machine saytida 1-yanvar 2016-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ Stephenson, Kristen „Taylor Swift breaks 24 hour streaming record on Spotify for 8th album folklore“. Guinness rekordlari (29-iyul 2020-yil). 2020-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyul 2020-yil.
- ↑ „Taylor Swift Youngest Winner of Songwriter/Artist Award“. en:Great American Country (16-oktyabr 2007-yil). 17-mart 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2015-yil. (Archive.is saytida 17-mart 2015-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ Shelburne, Craig „Taylor Swift Named NSAI's Songwriter-Artist of the Year“. CMT (18-oktyabr 2010-yil). 14-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2015-yil. (Wayback Machine saytida 14-mart 2014-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ „Songwriters Hall of Fame“. Songwriters Hall of Fame. 29-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2015-yil. (Wayback Machine saytida 29-noyabr 2014-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ „Bob Dylan – 100 Greatest Songwriters of All Time“. Rolling Stone. 2-sentyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-avgust 2017-yil. (Wayback Machine saytida 2-sentyabr 2017-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ Polanco, Luis „Taylor Swift to Receive First-Ever Taylor Swift Award From BMI“. Billboard (5-aprel 2016-yil). 2016-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-oktyabr 2020-yil.
- ↑ „Taylor Swift“. Rotten Tomatoes. 2016-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-avgust.
- ↑ „Taylor Swift“. Rotten Tomatoes. 2016-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-avgust.
- ↑ „Andy Samberg Reunites with Justin Timberlake for MTV Movie Awards Montage“. MTV. 2023-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-mart.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Taylor Swift haqida turkum mavjud |
- Rasmiy sayti (inglizcha)
- Taylor Swift IMDbda
- 13-dekabrda tugʻilganlar
- 1989-yilda tugʻilganlar
- Taylor Swift
- Yashayotgan insonlar
- Amerikalik ayol qoʻshiqchilar
- Amerikalik aktrisalar
- Musiqachilar
- Emmy Award gʻoliblari
- Amerikalik televideniye aktrisalari
- Amerikalik ovoz aktrisalari
- MTV Europe Music Award sovrindorlari
- Grammy mukofoti sovrindorlari
- Brit mukofoti sovrindorlari
- Amerikalik gitarachilar
- Amerikalik ayol qoʻshiqnavislar
- Amerikalik ayol pop-qoʻshiqchilar
- Amerikalik rok-qoʻshiqchilar
- Qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan ijrochilar