Grammy
Qiyofa
(Grammy Awarddan yoʻnaltirildi)
Grammy Mukofoti | |
Mukofot sohasi | Musiqa sohasida 108 kategoriyada 30 janr boʻyicha |
Tashkilotchi | Amerika Ovoz yozish Akademiyasi |
Mamlakat | AQSh |
Birinchi berilgan yili | 1959 |
Rasmiy vebsayti |
---|
Grammy (talaffuzi: Gremmi) — Amerika ovoz yozish akademiyasining musiqiy mukofoti va u 1958-yildan beri mavjud. Zamonaviy musiqadagi eng nufuzli taqdimotlaridan biri hisoblanadi, uning nufuzini kinematografdagi Oscar mukofoti bilan solishtirish mumkin.
Grammy har yili 108 kategoriyada 30 musiqiy janr boʻyicha "Recording Academy" ("Ovoz yozish akademiyasi") vakillarining ovoz berishi natijasida taqdim etiladi. Muvaffaqiyatli va tan olingan artistlar va musiqiy muhandislar ovoz berishda qatnashish huquqiga egadirlar. Bon Jovi, Prince, Paul Simon, Beyonce kabi musiqachi va qoʻshiqchilar shular jumlasidandir.
Katta toʻrtlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Katta toʻrtlik (inglizcha: The Big Four) — eng nufuzli hisoblanadigan toʻrtta Grammy mukofoti:
- Yil yozuvi / Record of the Year
- Yil albomi / Album of the Year
- Yil qoʻshigʻi / Song of the Year
- Eng yaxshi yangi artist (yoki musiqiy kollektiv) / Best New Artist
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Grammy rasmiy sayti (ingl.)