Banjo
Besh torli banjo | |
Torli asbob | |
---|---|
Turi |
Torli asbob |
Hornbostel–Sachs klassifikatsiyasi |
321.322-5 (Kompozit xordofon) |
Registri | |
(standart sozlangan toʻrt torli banjo) |
Banjo — toʻrt, besh yoki olti torli musiqa asbobi. Banjoning sodda formalarini birinchi AQShdagi kelib chiqishi Afrikalik boʻlgan xalqlar bir qancha Afrikada uchraydigan asboblarga oʻxshatib yasashgan. Banjo odatda country, folklor, irland milliy musiqasi va bluegrass musiqa stillarida ishlatiladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bajno 17-arddada Gʻarbiy Afrikadan AQShning janubiy shtatlariga keltirilgan. 19-asrning 30-yillarida takomillashtirilgan shakli yuzaga kelgan. Avvaliga faqat afrikalik amerikaliklar ichida maʼlum boʻlgan asbob keyinchalik butun Amerikada keng tarqaldi. 20-asrda banjoning yangi turlari (banjo-ukulele, banjo-mandolina, banjo-tenor, banjo-gitara) yuzaga keldi.
Tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Banjoning qorni yumaloq boʻlib, u hayvon terisi yoki plastik bilan qoplanadi. Banjoda metall pardali uzun dastaga 4, 5 yoki 6 poʻlat sim tortiladi. Banjo yakka tarzda hamda joʻrnavoz soz sifatida ishlatiladi. Asboning tovushi oʻtkir, jarangdor. Banjoda bir ovozlik kuylar hamda akkordlarni chalish mumkin.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Banjo haqida turkum mavjud |
- http://elib.hamilton.edu/hc/hc-main.php?id=col_spe-ban&c=spe_ban (Wayback Machine saytida 2012-07-24 sanasida arxivlangan)
- http://tpn.lowtech.org/banjo.php (Wayback Machine saytida 2011-08-31 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |