Tamara Abayeva
Tamara Grigoryevna Abayeva | |
---|---|
Tavalludi |
17-iyul 1927-yil Xiva Xorazm viloyati, Oʻzbekiston |
Istiqomat joylari | Oʻzbekiston |
Sohasi | tarix, Sharqshunoslik |
Taʼlimi | Markaziy Osiyo davlat universiteti OʻzMU |
Tamara Grigoryevna Abayeva (1927-yil 17-iyulda tugʻilgan, Xiva, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – sovet oʻzbek va tojik tarixchisi, sharqshunos olimi, tarix fanlari doktori[1][2][3][4].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tamara Grigoryevna Abaeva 1927-yil 17-iyulda Xiva shahrida (hozirgi Oʻzbekiston Respublikasi Xorazm viloyati Xiva tumani markazi) ishchi Grigoriy Abayev oilasida tugʻilgan[4].
1951-yilda Toshkent shahridagi Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (OʻZMU)ning Sharqshunoslik fakultetini tamomlagan[1].
1956-yildan Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti (hozirgi Abu Rayxon Beruniy nomidagi) ilmiy xodimi lavozimida faoliyatini davom ettirgan[1].
1961-yilda „ Badaxshon tarixi ocherklari“ mavzusida tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun, 1990-yilda „XIX asr oxiri XX asr boshlarida Afgʻonistonning Pomir-Hinduqush oʻlkasining tub xalqlari“ mavzularida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan[1][2][3].
T. G. Abayevaning 70 ga yaqin ilmiy maqolalari nashr etilgan boʻlib, asosiy asarlari qatorida: „Badaxshon tarixi ocherklari“ (1964), „XIX asr oxiri – XX-asr boshlarida Afgʻonistonning Pomir-Hindukush mintaqasi“ (1987), „19-asr oxiri 20-asr boshlarida Afgʻonistonning Pomir-Hindukush mintaqasining kichik xalqlari“ (1990); Miliband S. D. manbalari asosida tuzilgan „Bio-bibliografik lugʻat“(1995). Shuhrat Qodirov. Ruscha-Turkiston tarixiy lugʻati 2-jild. Qoʻlyozma, Oslo, 2004-yil va boshqalarni keltirish mumkin.
Arxiv hujjatlari <...> umumiy toʻplamga birlashtirildi. Ellikta hujjat Pomir masalalariga tegishli. <...> Mazkur toʻplamdagi yigirma ikkita hujjat ismoiliylikka bagʻishlangan. Ular orasida Ogʻaxonning oʻn bir ferman (toj. Farmon – diniy farmon) tarjimalarining noyob toʻplami bor. Toʻplam nashr etilmagan, faqat qoʻlyozma holida Xorugʻdagi arxiv boʻlimida, Tojikiston SSR Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya institutida, Oʻzbekiston SSR Markaziy davlat boshqarmasida va akademik B. Gʻofurovda saqlanadi. Afsuski, oʻsha paytda SSSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining Leningrad filialiga topshirilgan nusxa qayerdadir gʻoyib boʻldi. A. V. Stanishevskiyning soʻnggi xizmat safari davomida amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisidagi xulosa hisobotining taqdiri yanada achinarli edi. Haydar-Sho Muborak Zode va Dodo Xudo Qadam Sho-zoda bilan Shugʻnon va Vaxon tarixi boʻyicha suhbatlar yozuvlari bor edi, <...> Xulosa hisoboti yigirmaga yaqin bosma varaqlarda tuzilgan va N. P. Gorbunov tomonidan qayta nashr qilish uchun olingan edi. Gorbunovning fojiali oʻlimi qoʻlyozma qayerda yoʻqolganligini aniqlashga ham imkon bermadi[5]. Amalga oshirilgan ishlar xotirasida faqat A. V. Stanishevskiyning kundaliklaridagi yozuvlari qoldi.
Tanlangan asarlari va baʼzi nashrlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kitoblar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Pamiro-Gindukushskiy region Afganistana v konse XIX nachale XX veka[6]
- Abaeva T. G. Malochislennie narodi Pamiro-Gindukushskogo regiona Afganistana v konse XIX nachale XX veka[7].
Maqolalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Abaeva T. G. Granitsi drevnego Bolora[8]
- Abaeva T. G. Issledovaniya A. V. Stanishevskogo (Aziza Niallo) o Pamire[9]
- Abaeva T. G. K voprosu ob arxaichnix sloyax kafirskoy mifologii. Afganistan (voprosi istorii, ekonomiki i filologii)[10]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 АБАЕВА Тамара Григорьевна.
- ↑ 2,0 2,1 Т. Г. Абаева.
- ↑ 3,0 3,1 Доктор исторических наук 1990.
- ↑ 4,0 4,1 Абаева Тамара Григорьевна 2005.
- ↑ Nikolay Petrovich Gorbunov v ramkax „dela alpinistov“ 7 sentyabrya 1938 goda bil osujdyon i rasstrelyan v zdanii Voennoy kollegii Verxovnogo Suda SSSR (VKVS).
- ↑ Google(poiskovaya sistema)|Google.com
- ↑ https://search.rsl.ru/ru/search#q=author%3A(%D0%B0%D0%B1%D0%B0%D0%B5%D0%B2%D0%B0%20%D1%82%D0%B0%D0%BC%D0%B0%D1%80%D0%B0%20%D0%B3%D1%80%D0%B8%D0%B3%D0%BE%D1%80%D1%8C%D0%B5%D0%B2%D0%BD%D0%B0 Vseobщaya istoriya.
- ↑ http://www.orientalstudies.ru/rus/index.php?option=com_personalities&Itemid=74&person=1732
- ↑ http://www.orientalstudies.ru/rus/index.php?option=com_publications&Itemid=75&pub=6084
- ↑ https://ruthenia.ru/folklore/berezkin/biblio.html%7C
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Афганистан, Таджикистан, Узбекистан: АБАЕВА Тамара Григорьевна“ (ru). ЦентрАзия. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
- „Тамара Григорьевна Абаева, доктор исторических наук“ (ru). Институт восточных рукописей РАН (Санкт-Петербург). Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
Tamara Abayeva ISBN 3-598-34716-2 Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Slovar Abaeva Tamara Grigorevna // Novosti Tsentralnoy Azii. Sostavleno po dannim:Miliband S. D. Rossiyskie vostokovedi. Biobibliograficheskiy slovar, 1995.
- Yu. Ye. Beryozkin, Ye. N. Duvakin. Tematicheskaya klassifikatsiya i raspredelenie folklorno-mifologicheskix motivov po arealam. Analiticheskiy katalog. Abaeva, Tamara Grigorevna, 1978, „K voprosu ob arxaichnix sloyax kafirskoy mifologii“. Afganistan (voprosi istorii, ekonomiki i filologii). Otv. red. M. A. Babaxodjaev. Tashkent: Izdatelstvo „Fan“. S. 104—121.
- Abaeva, Tamara Grigorevna, E-kataloog ESTER – obʼedinyonniy katalog krupneyshix bibliotek Estonii
- نمایه اشخاص روسی Abaeva, Tamara Grigorevna (Wayback Machine saytida 2020-01-08 sanasida arxivlangan)