Kontent qismiga oʻtish

Sufle

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sufle (fransuzcha: soufflé — nafas olish[1]) fransuzcha yegulik boʻlib, uning asosini koʻpirtirilgan tuxum oqi bilan aralashtirilgan tuxum sarigʻi tashkil etadi.

Tuxum sarigʻi oʻrniga turli xil qaynatilgan va maydalangan masalliqlardan foydalanish mumkin: sabzavotlar (kartoshka, pomidor, makkajoʻxori), sut mahsulotlari (pishloq, tvorog), goʻsht (tovuq, buzoq goʻshti, buzoq jigari). Koʻpincha, mevalar, rezavorlar, shokolad va boshqalardan shirin sufle tayyorlanadi[2].

Sufle haqida eng qadimgi maʼlumot XVIII-asr boshlarida yashagan fransuz oshpazi Vinsent La Shapelga tegishlidir[3]. Suflening rivojlanishi va ommalashishi, odatda, XIX-asr boshlaridagi fransuz oshpazi Mari Antuan Kareme nomi bilan bogʻlanadi[4][5].

Suflening shoʻr ham, shirin ham turlari mavjuddir. Mazali sufle, koʻpincha, pishloq bilan ismaloq[6], sabzi[7][8] kabi koʻkatlar vasabzavotlarni oʻz ichiga oladi. Baʼzida toʻyimli chiqishi uchun parranda goʻshti, bekon, vetchina yoki dengiz mahsulotlarini oʻz ichiga olishi mumkin. Shirin sufle shokolad yoki meva sousi (masalan, limonli yoki malinali) bilan tayyorlanishi mumkin va koʻpincha, shakar kukuni sepib beriladi[9].

  1. Souffle: Definition de Souffle
  2. Краткая энциклопедия домашнего хозяйства 1959.
  3. James Peterson. Glorious French Food: A Fresh Approach to the Classics. Houghton Mifflin Harcourt, 2012-02-29. ISBN 978-0-544-18655-2. 
  4. Patricia Wells.. „Perfect Souffles Don't Require Expert Skills“. The Eagle (1978-yil 22-fevral), s. 26. Qaraldi: 2020-yil 29-iyul.
  5. Gina Mallet. Last Chance to Eat: The Fate of Taste in a Fast Food World. W. W. Norton & Company, 2004. ISBN 978-0-393-05841-3. 
  6. Hesser, Amanda. „The Modern Souffle: Bastion of Strength“. The New York Times (2000-yil 8-mart). Qaraldi: 2020-yil 31-avgust.
  7. Carol Taylor. „How to Make a Souffle - Real Food“ (en). Mother Earth News. Qaraldi: 2020-yil 31-avgust.
  8. Edmund Tijerina. „Recipe Swap: Carrot Soufflé“ (en). ExpressNews.com (2015-yil 7-may). Qaraldi: 2020-yil 31-avgust.
  9. Cindy Mushet, Sur La Table. The Art and Soul of Baking. Andrews McMeel Publishing, 2008-10-21. ISBN 978-0-7407-7334-1. 
  • Ануфриев В. М., Никашин Ф. П., Скрипкин Г. М. „Суфле“, . Основы кулинарии, 5000 экз, М.: Госторгиздат, 1941 — 339—342-bet. 
  • „Суфле“, Краткая энциклопедия домашнего хозяйства. Том 2. М.: Большая советская энциклопедия, 1959 — 612-bet. 
  • Poxlyobkin V. V. Sufle // Kulinarniy slovar. — M.: Izdatelstvo „E“, 2015. — S. 344. — 456 s. — 4000 ekz. — ISBN 978-5-699-75127-3.
  • Ratushniy A. S. Sufle // Vsyo o ede ot A do Ya: Ensiklopediya. — M.: Izdatelsko-torgovaya korporatsiya „Dashkov i K°“, 2016. — S. 3803—81. — 440 s. — 300 ekz. — ISBN 978-5-394-02484-9.
  • Sufle // Kultura pitaniya. Ensiklopedicheskiy spravochnik / Pod red. I. A. Chaxovskogo. — 3-e izdanie. — Mn.: „Belorusskaya ensiklopediya imeni Petrusya Brovki“, 1993. — S. 350. — 540 s. — ISBN 5-85700-122-6.