Bekon
Qiyofa
Bekon (inglizcha: Bacon) — maxsus usulda semirtirilgan (goʻsht-yogʻi qatlamlanib joylashgan) choʻchqaning nimtalangan goʻshtidan tayyorlanadigan mahsulot. 2—2,5 oylik choʻchqalar 7 oygacha boqilib bekon goʻshti olinadi. Tuzlangan bekon va dudlangan bekonga boʻlinadi. Aksariyat, choʻchqaning toʻsh, son qismi goʻshtidan tuzlangan bekon va suyagi ajratilgan qovurgʻa goʻshtidan, shuningdek tuzlangan bekondan dudlangan bekon tayyorlanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |