Kontent qismiga oʻtish

Spokoynaya noch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Spokoynaya noch“
„Kino“ qoʻshigʻi
„Gruppa krovi“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 1988
Yozib olingan 1986
Janr post-pank
Davomiyligi 5:33
Leybl Gold Castle Records
Matn muallif(lar)i Viktor Soy
Bastakor(lar) Viktor Soy
Yuriy Kasparyan
„Gruppa krovi“ xronologiyasi
„Voyna“ Spokoynaya noch „Masha, mi vse sochli s uma“

Spokoynaya noch“ (ruscha: Спокойная ночь, yaʼni „Xayrli tun“) — „Kino“ sovet rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1988-yil eʼlon qilingan „Gruppa krovi“ studiyaviy albomiga toʻrtinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Shuningdek, qoʻshiq „Posledniy geroy“ (1989) va „Istroiya etogo mira“ (2000) terma albomlariga hamda „Akusticheskiy konsert“ (1996) diskiga kiritilgan. Qoʻshiqni bir necha xonanda va guruh, jumladan, „Alisa“ guruhi hamda xonanda Rikoshet kaver qilgan.

Tarona matnini va kuyini guruh solisti Viktor Soy yozgan, guruh gitarachisi Yuriy Kasparyan esa uning solosini bastalagan. „Spokoynaya noch“ qoʻshigʻi ilk bor Leningrad rok-klubining 1987-yilda boʻlib oʻtgan IV festivalida ijro etilgan. Ovoz rejissori Aleksey Vishnyaning soʻzlariga koʻra, „Spokoynaya noch“ qoʻshigʻining ilk versiyasi „Neizvestniye pesni“ (1992) albomiga kiritilgan qoʻshiqlar bilan bir qatorda yozib olingan[1].

„Spokoynaya noch“ qoʻshigʻi 1988-yilning 19-yanvarida „Rok“ filmida premyera qilingan[2]. Ilk audioversiyasi 1988-yil „Gruppa krovi“ albomida eʼlon qilingan boʻlib, unda taronaning davomiyligi — 6:08. 1989-yil „Posledniy geroy“ terma albomida yaxshiroq sifatda eʼlon qilingan. Mazkur versiyasining davomiyligi — 6:24.

1996-yil „Moroz Records“ leybli „Akusticheskiy konsert“ diskini chiqargan. Albomdan qoʻshiqning 1987-yil Moskva kvartiralaridan birida yozib olingan versiyasi oʻrin olgan. Ushbu versiyaning davomiyligi — 4:08. 1996-yil „Noch“ albomi qayta nashr qilingan. Unga „Spokoynaya noch“ qoʻshigʻining ikki bandli, davomiyligi atigi 2:46 boʻlgan versiyasi kiritilgan. 2020-yilga kelib ushbu yozuvning toʻliq versiyasi eʼlon qilingan (davomiyligi — 4:31)

  1. Chernin, Anton. Наша музыка (ruscha). Sankt-Peterburg: Amfora, 2006 — 638-bet. ISBN 5-367-00238-2. 
  2. Nadejda Sashina; Vasiliy Solovyov; Liliya Shitenburg. Новейшая история отечественного кино. 1986-2000 (ruscha), Sankt-Peterburg, 2002 — 760-bet. ISBN 5-901586-04-2.