Kontent qismiga oʻtish

Sobirov nomli maktab-gimnaziya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻsh viloyati Qorasuv tumani 65-sonli Murodxon Sobirov nomidagi profillik maktab-gimnaziya kompleksi
qirgʻizcha: Ош облусунун Кара-Суу районундагы №65 Мурадхан Сабиров атындагы профильдик мектеп-гимназия комплекси
ruscha: Профильная школа-гимназия комплекс №65 имени Мурадхана Сабирова Кара-Суйского района Ошской области
Address
723317, Mamajon koʻchasi, nomersiz uy
Qirgʻiziston
Oʻsh viloyati, Qorasuv tumani, Qizil-Qishloq qishlog'i
Maʼlumot
Maktab turi Maktab-gimnaziya
Asos solingan sanasi 1952-yil 1-sentabr
Asoschi Eshonxon Rahmonov
Maktab raqami 65
Sinflar 1-11
Years Offered 11
Til oʻzbek, rus

65-sonli Murodxon Sobirov nomli maktab-gimnaziya — Oʻsh viloyatining Qorasuv tumanidagi etakchi ilm dargoxlaridan biri.

Oʻsh viloyati Qorasuv tumani 65 sonli Murodxon Sobirov nomli maktab-gimnaziya 1952 yili tashkil etilgan.

1952-1963 yillari — Pravda nomli maktab. 1963-1977 yillari — Furqat nomli maktab. 1977-1993 yillar — Oktyabr 60-yilligi nomli maktab. 1993 yildan boshlab Oʻsh viloyati „Oʻsh sadosi“ gazetasining birinchi bosh muxarriri Murodxon Sobirov nomi berilgan. 2014 yili maktab „gimnaziya“ statusini oldi. Maktab maydoni 6481 m2. Sinf xonalari 46 ta. Sinflar 56 ta. Shundan 28 tasi oʻzbek tilli, 27 tasi rus tilli, 1 tasi qirgʻiz tilli sinflar. Oʻquvchilar soni 1800 ta. Oʻqituvchilar soni 85 ta, shundan 10 tasi maorif aʼlochilari, 26 tasi Qirgʻiziston Respublikasi taʼlim vazirligining faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan. Maktab 1176 oʻquvchiga moʻljallangan. Maktabda yigʻilishlar zali, oshxona, sportzal va sport maydonchasi mavjud. Maktabda kompyuter sinfi va interaktiv doska mavjud. Darslar zamonaviy innovatsion uslubda olib boriladi. Maktabda rus tili, ingliz tili, informatika, matematika toʻgaraklari va boks sport toʻgaragi faoliyat koʻrsatadi. Hozirgi vaqtda eski maktab binosida maktabgacha tayyorlov kurslarini ochish rejalashtirilmoqda.

Grant mablagʻlarini jalb etish [1]

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 2003 yili Osiyo rivojlanish banki granti hisobiga maktab isitish tizimi taʼmirlandi.
  2. Aksels granti hisobiga maktab bir necha kompyuter va printer oldi.
  3. Mersi-Ko granti hisobiga maktab filialining tomi yangilandi.
  4. 2005 yili ARIS (Jamoatlarni rivojlantirish va moliyalashtirish agentligi) granti hisobiga maktab tomining bir qismi tunuka bilan yangilandi.
  5. 2006 yili Mersi-Ko va Moliya vazirligining granti hisobiga maktab uchun mebel: partalar, stollar, stullar, doskalar, kreslolar olindi.
  6. 2006 yili „Yevraziya“ jamgʻarmasi 600 dollarlik kiyim-kechaklar berdi.
  7. 2011 yili „Every child“ jamgʻarmasi granti hisobiga maktab hovlisi asfaltlandi.
  8. 2014 yili Moliya vazirligining granti hisobiga maktab tomi tunuka bilan yangilandi.
  9. 2015 yili Mersi-Ko jamgʻarmasining granti hisobiga maktabning 4 ta xonasiga mebel: partalar, stollar, stullar, doskalar, shkaflar olindi.

Maktab tomonidan jami 8,5 million soʻmlik grant mablagʻlari jalb etildi.

Olimpiadalardagi sovrinli oʻrinlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006 va 2007 yillari EVM fani boʻyicha Mirzayev Sardor va Ergasheva Sanobar respublika olimpiadasida sovrinli 2 oʻrinni egallashdi. 2014 yili maktab oʻquvchisi matematika fani boʻyicha Oʻsh viloyati olimpiadasida 2 oʻrinni egalladi. 2016-2017 yili 9 sinf o'quvchisi Madaminova Matlyuba Qora-Suv rayo'ni bo'yicha 10 sinflar orasida 2 o'rindi oldi. 10 sinf o'quvchisi chet tili fanidan Qora-Suv rayo'ni olimpiadasida 1 o'rindi egalladi. Va Masardinov Shukurillo O'sh viloyati olimpiadasida EVM fani bo'yicha 2-o'rinni egalladi.

Har o'quv yili maktab o'quvchilari fan olimpiadalarini zo'na, tuman, viloyat va respublika etaplarida sovrunli o'rinlarni qo'lga kiritishadi.

Maktab oʻquvchilarini xavfsizligini taʼminlash maqsadida xavfsizlik xodimlari ishlaydi va maktabga bir qancha videokamera oʻrnatilgan.

Maktab direktorlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Piritdinov Shamshiddin
  • Abdulhamidov Mamir Abdulhamidovich
  • Joʻrayev Mannob Abdulhamidovich (2008-yilgacha)
  • Sayfitdinov Shokirjon Sotvoldievich (2008– 2012-yillar)
  • Umurzoqova Mamura Halilovna (2012)
  • Usmonova Dilbarxon Tashlanboyevna (2012–2023)
  1. Mersi direktoru, 2015-02-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-02-05