Shohasan Imonqulov
Shohasan Imomqulov | |
---|---|
Shohasan Imomqulov | |
Buxorodagi mashhur qoʻrboshi | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1892-yil Sharqiy Buxoroning Loqay vohasidagi Taushar qishlogʻi |
Vafoti |
1932-yil Toshkent |
Shohasan Imomqulov — (1892—1932) — Sharqiy Buxoroda qizil armiyaga qarshi kurashgan qoʻrboshilardan biri. Ibrohimbek qoʻrboshining safdoshi[1].
Qoʻrboshilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shohasan Imomqulov 1892-yilda Sharqiy Buxoroning Loqay vohasidagi Taushar qishlogʻida tavallud topgan. 1920-yilda Shohasan Imomqulov dastlabki harakatlarni boshlaydi. U faoliyati davomida Bobojon qoʻrboshining yordamchisi boʻlgan. 1929-yil Afgʻonistonga oʻtib ketadi. Uning 1931-yil 23-avgustda bergan soʻrogʻiga koʻra, u 1929-yil Taumar qishlogʻida istiqomat qilgan. Qarindoshlarini koʻrish maqsadida 1929-yilda Saroy-Kamar orqali Afgʻonistonga oʻtgan. Hazrati Imomda 2 oy, Aylobodda 2-3 oy, Qunduzda 1 oy, Taliqonda 2 oydan koʻproq qarindoshlari uyida yashaydi. U shu vaqt mobaynida turli ishlari bilan mashgʻul boʻladi. Afgʻonlar bilan urush boshlangach, muhojirlarning Taliqonga koʻchib kelishi kuchayib borgan. Bu davrda Ibrohimbekning safdoshlari soni 3000 nafarga yetgan. Shohasan ham oilasi bilan kelib, Ibrohimbek qoʻrboshiga qoʻshiladi. U 8-9 oy davomida qoʻrboshilarga qarshi kurashda faol ishtirok etadi. U 1931-yilda Ibrohimbek bilan birgalikda Tojikiston SSRga qaytib keladi va Choltogʻdagi qurultoyda ishtirok etadi. U Isoxon Eshon bilan birgalikda Hisorga joʻnatiladi va u yerdan Gʻozimalikka aholini sovet hokimiyatiga qarshi koʻzgʻatish uchun boradi. U Gʻozimalik borib, u yerda Davlat, Qayum, Mulla Odinalarning 200 nafar safdoshi bilan birlashadi. Shohasan Gʻozimalikka yetib boradi va sovet hokimiyatiga qarshi kurashishda 200 kishini oʻz atrofiga birlashtiradi. 1931-yildagi janglarda Shohasan Imomqulov magʻlubiyatga uchraydi va Denovga borib quroʻyarogʻarni topshiradi va taslim boʻladi. U qoʻlga olingach dastlab Stalinobodga keyinchalik Toshkentga yuboriladi. 1932-yil 13-apreldagi sovet hukumati qarori bilan Shohasan Imomqulov Toshkentda 1932-yil 10-avgustda 40 yoshida otib tashlanadi[2].