Kontent qismiga oʻtish

Jonibek qozi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jonibek Qozi qoʻrboshi
Jonibek Qozi Sagimboyev
Fargʻona vodiysida qirgʻiz qoʻrboshilarning yetakchisi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1865-yil
Fargʻona
Vafoti 1937-yil

Jonibek Qozi Sagimboyev (Jonibek Qozi) — (1865—1937) — Fargʻona vodiysida qirgʻiz qoʻrboshilarning yetakchisi. Jonibek Qozi Sagimboyev Turkistondagi milliy ozodlik harakatining faol ishtirokchisi[1].

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jonibek Qozi qoʻrboshi 1865-yil boy qirgʻiz xonadonida tavallud topgan. Uning kelib chishi basiz urugʻining qashqa tarmogʻidan boʻlgan. Mazkur davrda Oʻzgan Qoʻqon xonligi tarkibida boʻlgan. Yoshligida Jonibek qoʻrboshi Oʻzgandan tashqari Buxoro, Samarqand, Qoʻqon kabi shaharlardagi madrasalarda tahsil olgan. 1895-yil Jonibek Qozi qoʻrboshi 30 yoshida Oʻzgan qozisi qilib tayinlangan. Manbalarga koʻra u XX asr boshlarida Fargʻona vodiysida Oʻsh uyezdida Oqjar volostining yirik chorvador boylaridan va qozi boʻlgan.


Qoʻrboshilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1918-yil Fargʻona vodiysida sovet rejimiga qarshi boshlangan istiqlolchilik harakatining 9 nafar harbiy qoʻmondonning oxirgi namoyondasi hisoblanadi. Fargʻona vodiysining Oʻsh uyezdida Jonibek Qozi qoʻl ostida Jamolbek, Shamsibek, Kichik Maʼrufbek, Qodirbek faoliyat koʻrsatadi. Muhammad Muso Turkistoniy Jonibek Qozini „qirgʻizlardan chiqqan eng mashhur, hukmi oʻtkir Oʻzgan mujohidi“ deb taʼriflangan. Jonibek qozi sovet hokimiyati bilan muzokaralar oʻtkazib, 1922-yil 17-apreldan to 1925-yil bahorigacha qurolli toʻqnashuvni toʻxtatgan. 1922-yil bahor-yoz oylarida u Oloy togʻlarida sovet hokimiyatiga qarshi kurashlar olib boradi. Bu davrda uning qoʻl ostida 1000 nafar ortiq yigiti boʻlgan. Tarixchi olim Qahramon Rajabov arxiv hujjatlariga tayangan holda Jonibek Qozi toʻgʻrisida shunday maʼlumot borligini yozgan: „1922-yili Jonibek qozi Sagimboyev- qirgʻiz, partiyasiz, sud qilinmagan, yirik boy boʻlib, uning Oʻzganda 50 ta qoʻyi, 500 ta oti, 400 bosh sigiri, 600 tanob yeri bor. 1865-yilda tugʻilgan“. 1924-yil kuzida Fargʻona vodiysidagi qizillar bilan kurashlar kuchaygach, Madumar, Jonibek qozi, Istambek, Sulaymonqul kabi qoʻrboshilarning guruhlari Ranji qishlogʻida 24 oktabrda chegarachilarga qarshi janglarda faol qatnashishgan. U keying yillarda Sharqiy Turkistonda yashaydi va Pomir togʻlarida joʻnab ketadi. 1937-yil may oyida Jonibek qozi Pomirdagi Ishkaman vodiysida xastalikdan 72 yoshida vafot etadi[2].

  1. Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari “Oʻzbekiston tarixi” jurnali. — 2022.
  2. Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari. Toshkent: „Fan“, 2022 — 400-bet.