Kontent qismiga oʻtish

Asadullabek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Asadullabek
Asadullabek
Qashqadaryo vohasidagi mashhur qoʻrboshi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1897-yil
Rangontogʻ yoʻnalishidagi Toshmachit qishlogʻi
Vafoti 1925-yil
Otasi Mulla Xidir Toʻqsabo

Asadullabek — (1897—1925) — Sharqiy Buxorodagi yirik qoʻrboshilardan biri. Buxorodagi milliy ozodlik harakatining faol ishtirokchisi[1].

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asadullabek 1897-yilda Koʻktoshdan 12 km uzoqlikda boʻlgan Rangontogʻ yoʻnalishidagi Toshmachit qishlogʻida tavallud topgan. Uning otasi Mulla Xidir Toʻqsabo yirik yer egasi va katta miqdordagi chorvaning egasi boʻlgan. Asadullabek otasining mahalliy madrasasida taʼlim olgan. Sovet tarixchilaridan F.Ilyutkonning yozishicha, 1913-yilda Asadullabekning otasi Mulla Xidir Toʻqsaboning aylanma kapitali 3 mln rublni tashkil etgan. Ushbu sarmoya oʻsha davr uchun juda katta miqdor hisoblangan.


Qoʻrboshilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1921-yilda Asadullabek qoʻzgʻolonchilar safiga qoʻshiladi va Dushanbeni qizil askarlardan ozod qilishda faol ishtirok etadi. U otasidan qolgan mablagʻlar hisobiga qurol-yarogʻlar sotib oladi. Regar, Hisor, Yurchi, Boysun va Denov atroflaridagi janglarda qizil askarlarga qarshi kurashlar olib borib, aholi oʻrtasida katta nufuzga ega boʻladi. Asadullabek Bosh qoʻmondon Ibrohimbekning asosiy oʻrinbosarlaridan biriga aylanadi. Shu sababli Ibrohimbek undan Surxon vohasida mahalliy qoʻrboshilar oʻrtasida vujudga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf eshida undan unumli foylanadi. 1925-yil kuzida Sultonobod yaqinidagi Zordoʻngda boʻlib oʻtgan jangda halok boʻladi. Asadullabekning qabri Zordoʻngda boʻlib, ayni paytda Sultonobod qishlogʻiga tegishli zigohatgohga aylantirilgan. Uning avlodlari bugungi kunda Sultonobod va Koʻktoshda istiqomat qilib kelishmoqda. Sovet hukumati tomonidan koʻrilgan chora-tadbirlarga qaramasdan qoʻrboshilar oʻz kurashlarini davom ettirdilar. Uning bir qator hamrohlari keyingi yillarda Buxoroda qizil askarlarga qarshi kurashlar olib borishdi. U faoliyati davomida sovet rejimiga qarshi kurash olib bordi[2].

  1. Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari “Oʻzbekiston tarixi” jurnali. — 2022.
  2. Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari. Toshkent: „Fan“, 2022 — 400-bet.