Kontent qismiga oʻtish

Shihobiddin Muammoiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shihobiddin Muammoiy - Boburning Hindistonga birga borgan yaqin suhbatdoshlaridan biri. Keyinchalik Humoyun va Komron xizmatida bo‘lgan. “Faqiriy” taxallusi bilan she’rlar yozgan. U Boburga bag‘ishlab muammo risolasi tartib bergan. Komronning istagi bilan yozgan “Risolai Komron” asaridagi muammolar yechimi faqat “Komron”, “Mirzo”, “Shahzoda”, “Muhammad” nomlaridan iborat bo‘lgan. Bu asarning uchta qo‘lyozmasi O‘zFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi[1].

  1. Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi. SHARQ. -T.;2014