Sherzod Fayziyev
Sherzod Miragʻlamovich Fayziyev | |
---|---|
Oʻzbеkistоnning Ozarbayjondagi elchisi | |
Mansab davri 2012-yil 26-apreldan – 2020-yil 26-aprelgacha | |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Ismatilla Ergashev |
Vorisi | Bahrom Ashrafxonov |
Oʻzbеkistоnning Turkmanistondagi elchisi | |
Mansab davri 2009-yildan – 2012-yilgacha | |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Alisher Qodirov |
Vorisi | ? |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1-fevral 1969-yil Toshkent |
Sherzod Miragʻlamovich Fayziyev — oʻzbek iqtisodchisi va diplomati. 2012-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekistonning Ozarbayjon va Gurjistondagi elchisi boʻlgan[1][2].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maʼlumoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkent davlat agrar universiteti va Moskvadagi Diplomatik akademiya bitiruvchisi.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1993-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida ishlagan.
2001—2006-yillarda Oʻzbekistonning Pokistondagi elchixonasi ikkinchi kotibi, 2006—2007-yillarda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining Osiyo va Afrika boʻlimi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
1993-1997 yillarda Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi attashesi, uchinchi va ikkinchi kotibi, 1997—2001-yillarda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi siyosiy tahlil va prognozlash boshqarmasi ikkinchi kotibi lavozimlarida ishlagan.
2007—2008-yillarda Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati Bosh kotibining oʻrinbosari boʻlgan.
2009-yildan 2012-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining Turkmanistondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlagan.
2012-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlagan.