Kontent qismiga oʻtish

Bahrom Ashrafxonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bahrom Bahodirovich Ashrafxonov

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev qabulida
 Oʻzbеkistоnning Ozarbayjondagi elchisi
 
Mansab davri
2020-yil 26-apreldan
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Sherzod Fayziyev
 Oʻzbеkistоnning Rossiyadagi elchisi
 
Mansab davri
2016-yildan – 2018-yilgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Akmal Kamolov
Vorisi Botir Asadov
 Oʻzbеkneftgaz kompaniyasi raisi
Mansab davri
2018-yildan – 2019-yilgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Alisher Sultonov
Vorisi Bahodir Siddiqov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 16-mart 1969-yil (1969-03-16) (55 yosh)
Toshkent

Bahrom Bahodirovich Ashrafxonov — oʻzbek iqtisodchisi va diplomati. 2020-yildan Oʻzbekistonning Ozarbayjon va Gurjistondagi elchisi[1]. 2016-2018-yillarda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi boʻlgan[2].

Bahrom Ashrafxonov 1969-yilda tug‘ilgan. 1990-yilda Toshkent politexnika institutini, 1993-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, bir yildan so‘ng Kentukki universiteti (AQSh)ni tamomlagan.

Rus va ingliz tillarini biladi.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994—2000-yillarda AIG Trading Group (AQSh) vakolatxonasi rahbari va UZ AIG Insurance sugʻurta kompaniyasining bosh direktori lavozimlarida ishlagan.

2000—2016-yillarda O‘zbekiston Moliya vazirligida (vazir o‘rinbosari, G‘aznachilik boshlig‘i) rahbar lavozimlarda ishlagan.

2016—2018-yillarda O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bo‘lgan.

2018—yil sentyabridan „Oʻzbekneftgaz“ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi.

2019—yil fevral-sentyabr oylarida Moliya vazirining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, so‘ngra 2020-yil apreliga qadar O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimlarida ishlagan.

2020—yil aprel oyidan O‘zbekistonning Ozarbayjon va Gurjiston davlatlaridagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimida ishlab kelmoqda.