Senday
Qiyofa
Sendai — Yaponiyadagi shahar. Honshu o.ning shim.sharqiy qismida. Aholisi 1 mln. kishi (2000). Miyagi prefeturasining maʼmuriy markazi. Avanporta — Shiogama. Mamlakatning yirik sanoat shaharlaridan. Neftni qayta ishlash, elektrotexnika, yogʻochsozlik, elektronika mashinasozligi, toʻqimachilik, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari; universitet bor. Kustar usulda badiiy buyumlar tayyorlanadi. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |