Kontent qismiga oʻtish

Sakai

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sakai – Yaponiyadagi shahar. Xonsyu orolining janubiy qismida, aholisi 792 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Yirik port. Rangli metallurgiya sanoatining qadimgi markazlaridan. Metallurgiya va neft kimyosi, turli mashinasozlik, toʻqimachilik sanoati korxonalari, issiklik elektr stansiyasi bor. Sakaida qadimdan gilam toʻqiladi, metall buyumlar tayyorlanadi. Sakai qoʻlyozmalarda 716-yildan tilga olingan. Muzeylarida qadimgi yapon hunarmandchiligining nodir yodgorliklari saqlangan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil