Kagosima
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kagosima — Yaponiyadagi shahar va port. Kyusyu o.ning jan. qismida, Kagosima prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 546,2 ming kishi (1995). Transport yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik (asosan, ip gazlama va shoyi), kimyo, metallurgiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Nafis chinni buyumlar ishlab chiqariladi. Kagosima — Yaponiyaning jan.dagi baliq ovlash sanoatining markazlaridan. Universitet, badiiy muzey, fayans buyumlar muzeyi, shahar yaqinida kosmik tadqiqotlar markazi, issiq buloqlar bor. Turizm rivojlangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |