Kumamoto
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kumamoto — Yaponiyadagi shahar, Kyusyu o.da, Sirakana daryosi boʻyida. Kumamoto prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 650,3 ming kishi (1995). Transport yoʻllari tuguni. Mamlakatning muhim sholichilik rayonining savdo-taqsimot markazi. Toʻqimachilik, elektronika mashinasozligi va oziqovqat sanoatining yirik korxonalari; qishloq xoʻjaligi qurollari, rezina buyumlar, mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish, meva va sabzavotlarni qayta ishlash zavodlari bor. Hunarmandchilikda gazlama toʻqiladi, chinni buyumlar ishlab chiqariladi. Meʼmoriy yodgorliklardan Budda ibodatxonasi, qasr (16-asr) saqlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |