Sempoala
Bu maqola oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan. Qarang: VP:ORFO. |
Sempoala (astek tilidan soʻzma-soʻz tarjimada — „besh suv“, koʻplab qadimgi kanal va suv oʻtkazgichlari borligi sababli) — Toʻtonaklar davri madaniyatining Mesoamerikan arxeologik yodgorligi. Meksikaning Veracruz shtatida, Mexiko shahridan taxminan 350 km uzoqlikda joylashgan.
Aholi punkti milodning boshlanish yillarida paydo boʻlgan. Eng qadimgi yodgorliklar Olmeklar taʼsirini namoyish etadi. Ispanlar kelishidan avvalroq shaharda istiqomat qilib kelgan Totonaklar davrida shahar aholisi 25-30 ming kishini tashkil qilgan.
Ernan Kortes boshchiligida bu joylarga kelgan konkistadorlar mahalliy totonaklar bilan ularning azaliy raqiblari va XV asr boshidan urush olib borgan atsteklarga qarshi ittifoq tuzadi.
Oʻsha kunlarda Sempoala obod va farovon shahar edi. U sharqiy Meksikaning muhim diniy va savdo markazi edi. Ispanlar shahar aholisining quvnoq tabiatiga qaramay, koʻplab festivallar va ulkan bogʻlari tufayli Sempoalani „Buzuq shahar“ deb atay boshlashgan. Keyinchalik, shahar Ispaniyaning Sevilya shahriga uygʻunlashtirilib, „Yangi Sevilya“ deb ataladi.
Kortes gʻalaba qozonib, Yangi Ispaniyada toʻliq nazorat oʻrnatgach, totonaklar qatagʻonga uchradi. Ular shahardan majburiy ravishda chiqarib yuborilgan, shakarqamish plantatsiyalarida ishlash uchun qul qilingan va nasroniylikni qabul qilishga majbur qilingan.
1575-1577-yillarda shaharda chechak epidemiyasi tarqalgan. Shundan koʻp oʻtmay, 1600-yillar boshida aholi shaharni tark etadi. Aholining qolgan qismi Xalapaga koʻchib oʻtadi va Sempoala arxeolog Fransisko del Paso i Tronkoso tomonidan kashf qilinmagunicha unutiladi. Shaharga asta-sekin yangi fuqarolar koʻchib kela boshlaydi.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |