Atsteklar
Atsteklar [oʻzlarini asteka, naua, maseualli („bugʻu ovlovchilar“ – eng qadimgi nomlari), tenochkilar, mexika deb ataydilar] – Meksikaning eng yirik indeys aholisi. Umumiy soni 1,2 mln. kishi (1992). Atsteklar asosan atstek (nauatl) tilida, qisman ispan tilida soʻzlashadilar. Dini katolik. 12 – asrda shimolidan kelgan Atsteklar Mexiko vodiysiga bostirib kirib, u yerda oʻrnashib olganlar. 1325-yil Tenochtitlan qishlogʻi (hozirgi Mexiko shahri) vujudga kelgan. 1427-yil Atsteklar Teskoko va Tlakopan shahar davlatlari bilan ittifoq tuzib butun vodiy aholisini, keyinchalik esa Markaziy Meksikani oʻzlariga boʻysundirganlar. 1519 – 21 yillarda Atsteklar ispanlar tomonidan zabt etilgan. Atsteklar Mexiko vodiysiga kelgan paytlarida ularda urugʻqabilachilik tuzumi hukmron edi. Atsteklarga 2 yoʻlboshchi va 20 urugʻ oqsoqolidan iborat kengash rahbarlik qilgan. 15 – asrga kelib Atsteklarning ilk davlati vujudga kelgan. Savdo rivojlangan, hunarmandchilik ajralib chiqa boshlagan. Ispanlar kelguniga qadar Atsteklar temirni bilmaganlar, lekin Oltin, Kumush, Mis va jezni quya bilganlar. Asosiy ekinlari Joʻxori, Paxta, Kakao, Tamaki boʻlgan. Itdan boshqa uy hayvonlari boʻlmagan. Atsteklarning piktografik xati, yuksak sanʼati, quyosh taqvimi boʻlgan. Hozirgi paytda Aning koʻpchiligi Meksikaning qishloq xoʻjaligi va sanoat ishchilarini tashkil qiladi, faqat ozgina Atsteklargina eskicha hayot tarzlarini saqlab qolganlar.
Adabiyotlar va manbalar roʻyxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Andoza:Atsteklar Andoza:Meksika xalqlari
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |