Sevilla
Sevilla | |
---|---|
Shahar | |
37°23′0″N 5°59′0″W / 37.38333°N 5.98333°W | |
Mamlakat | Ispaniya |
Avtonom jamoat | Andalusiya |
Provinsiya | Sevilla |
komarka | Metropolitana de Sevilla |
Hukumat | |
Maydon | 14,131 km2 (5,456 kv mi) |
Markazi balandligi | 12 m |
Aholisi (2009) |
▲ 703 206 |
Zichligi | 4984,88 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
Telefon kodi | (+34) 95* |
Pochta indeks(lar)i | 410** |
|
Sevilya — Ispaniyaning jan. qismidagi shahar. Andalusiya muxtor viloyati va Sevilya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 702 ming kishi (1998). Gvadalkvivir daryosi boʻyidagi port, dengiz kemalari ham kira oladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim savdo, sanoat va madaniy markazi. Mashinasozlik (jumladan, elektrotexnika, kemasozlik va aviasozlik, qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqarish), oziq-ovqat, toʻqimachilik, kimyo va neft kimyosi sanoatlari korxonalari mavjud. Arxeologiya, nafis sanʼat muzeylari, universitet (1502) bor.
Sevilla qadimda Gispalis deb atalgan. 3-asrda rimliklar, 712 yilda arablar bosib olgan. 1248-yilda Kastiliya va Leon qirolligiga qoʻshilgan. 15-asrda Sdan Kolumbning 1ekspeditsiyasi yoʻlga chiqqan. 15—17-asrlarda S. Yevropada eng yirik savdo shaharlaridan edi. Meʼmoriy yodgorliklaridan AlQasr saroyi (12-asr oxiri), gotika cherkovi (13—14-asrlar), kafedrali sobor (sobiq Jome masjidi), "La Xiralda" qoʻngʻiroqxonasi (12, 16-asrlar) va boshqa saqlangan.[1]
Sevilla Ispaniyaning Andalusiya mintaqasida joylashgan shahardir. Sevilla provinsiyasi tarkibiga kiradi. Maydoni — 141,31 km2. Aholisi — ▲ 703 206 kishi (2009).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |