Saygʻoq
Sayg‘oq | ||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||
| ||||||||||||||
Saiga tatarica |
Saygʻoq (lotinchaSaiga tatarica) – quvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqli hayvon.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erkagi gavdasining uzunlig oʻrtacha 110 sm dan —140 sm gacha, boʻyi asosan 80 sm atroflarida, ogʻirligi esa 40 kg gacha boʻladi. Urgʻochisi erkagidan kichik. Shoxi och sariq, shoxining uzunligi 40 sm gacha boʻladi. Urgʻochisi shoxsiz.
Soni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻtmishda juda koʻp sonli boʻlgan saygʻoqlar 1990-yillardan boshlab 99.5 foizgacha qisqarib ketgan. Qozogʻistonning shimoliy hududlaridan koʻchib oʻtuvchi saygʻoqlar soni har yili ob-havo sharoitiga bogʻliq ravishda oʻzgarib turadi. Saygʻoqlarning Qoraqalpogʻistonning Ustyurt arealidagi soni 2016-yilda 1900 tani tashkil etgan. Orolboʻyi va Orol denigizining hudlaridagi alohida saygʻoqlar podasi soni 200 taga yetadi[1].
Tarqalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Saygʻoqlar Mongoliya, Gʻarbiy Xitoyning chala choʻllarida, Qozogʻiston, Qalmiq choʻllari va Quyi Volga, Oʻrta Osiyoning shimolida tarqalgan boʻlib. Katta-katta poda boʻlib yashaydi, harakatchan, 70—80 km/soat tezlikkacha yugura oladi. Saygʻoqlar – choʻl va dashtning tipik hayvoni hisoblanadi. Ular asosan oʻtlar bilan oziqlanadi, qishda janub tomonga qarab koʻchadi. Saygʻoqlar qorning qalin tushishi tufayli koʻplari halok boʻladi. Noyabr va dekabr oylarida juftlashadi. Boʻgʻozlik davri 5 oycha, boshqa tuyoqli hayvonlardan farq qilgan holda koʻpincha 2 tadan bola tugʻadi. Goʻshti va terisi uchun ovlanadi. 20-asrning boshlarida Saygʻoqlarning soni keskin kamayib ketganligidan 1919-yildan boshlab ovlash man etilgan. 1954-yildan litsenziya boʻyicha ovlashga ruxsat etilgan. Mavsumiy ovlanadi. Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.[2]
Qirilib ketishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yilning may oyida juda koʻp sonli saygʻoqlar pasterellyoz deb gumon qilingan sirli epizootik kasallikdan nobud boʻla boshladi[3]. Bir dona kasallangan saygʻoq buni butun podaga yuqtiradi va podaning oʻlimi 100% ni tashkil qiladi, va bu turning umumiy populyatsiyasining taxminan 40% allaqachon shu kasallikdan nobud boʻlishgan[4]. 2015-yil may oyining oxiriga kelib 120 000 dan ortiq saygʻoqlarning oʻlik tanalari topilgan, taxminiy tirik qolgan saygʻoqlar soni esa bor-yoʻgʻi 250 000 tani tashkil etgan[5].
Biolog Murat Nurushev buning sababi oʻlik saygʻoqlarda kuzatilgan (shishlar, ogʻzidan koʻpik va diareya) belgilari boʻlgan oʻtkir ruminal timpaniya boʻlishi mumkinligini taxmin qilgan. Nurushevning yozishicha, bu kasallik koʻp miqdorda oson fermentlanadigan oʻsimliklarni (beda, esfort va aralash hoʻl, yashil oʻt) yeyish natijasida yuzaga kelgan deb hisoblagan. 2015 yil may oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotining saygʻoqni saqlash boʻyicha agentligi ommaviy nobud boʻlish tugagani haqida bayonot bergan.
2015-yil noyabr oyida Oʻzbekistonning Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan ilmiy yigʻilishda doktor Richard A. Kock oʻzining hamkasblari bilan bu ommaviy qirilib ketish sabablarini muhokama qilgan. Ularning taʼkidlashicha, iqlim oʻzgarishi va bahorgi boʻronli ob-havo saygʻoqlar olib yuradigan zararsiz bakteriyalarni halokatli patogenlarga aylantirgan boʻlishi mumkin[6].
Oʻlimga pasteurella bakteriyasi sabab boʻlgani aniqlangan. Bakteriya say’goqlarda uchraydi va odatda zararsiz hisoblanadi. Bakteriyaning mutatsiyasiga nima sabab boʻlganligi nomaʼlum.
Markaziy Qozogʻistonda eng koʻp nobud boʻlgan Betpak-Dala saygʻoqlari soni qirgʻindan keyin 31 000 dan 2016 yil apreliga kelib 36 000 ga oshgan.
2016-yil oxirida Moʻgʻulistonda saygʻoqlarning katta qirgʻini sodir boʻldi. 2017-yilning boshida bu kasallikning kelib chiqishi echki vabosi ekanligi tasdiqlangan[7].
Oʻzbekistonda tarqalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ustyurt yassi tekisligi (Qoraqalpogʻiston), sharqiy va janubiy Orolboʻyi, Orol dengizining qurib qolgan hududlari, Oʻtmishda esa shimoliy Qizilqum, Sirdaryo, Fargʻona vodiysining tekislik qismida yashashgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ўзбекистон Республикасининг Қизил китоби том 2 2019“.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nichollas, Henry „"134,000 saiga antelope dead in two weeks. What is the probable cause?".“.
- ↑ „"Mass deaths hit Kazakhstan's endangered Ice Age antelope species".“.
- ↑ „"Kazakhstan's econological mystery".“.
- ↑ „"More Than Half of Entire Species of Saigas Gone in Mysterious Die-Off".“.
- ↑ „"Peste Des Petits Ruminants – Mongolia (03): (Hovd) Saiga Antelope". ProMED-mail.“.