Sargis Martirosyan
Sargis Martirosyan | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Tavallud sanasi | 14-sentyabr 1986-yil |
Boʻyi | 179 sm |
Vazni | 105 kg |
Sport | |
Qaysi sport | ogʻir atletika |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Bronza | Forde 2016 | 105 kg gacha |
Kumush | Split 2017 | 105 kg gacha |
Bronza | Buxarest 2018 | 105 kg gacha |
Sargis Martirosyan (armancha: Սարգիս Մարտիրոսյան, nemischa: Sargis Martirosjan , tugʻ. 1986-yil 14-sentyabr, Yerevan, Armaniston SSR, SSSR) — 105 kg gacha vazn toifasida chiqish qiladigan armanistonlik avstriyalik ogʻir atletikachi. Buxarestda boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori. 2016-yilgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi, besh karra Avstriya chempioni[1].
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sargis Martirosyan 1986-yil 14-sentyabrda Yerevanda tugʻilgan. U 11 yoshidan oʻsha paytda yashagan Samahar (hozirgi Gegakert) qishlogʻidagi sport maktabida ogʻir atletika bilan shugʻullana boshlagan. Armaniston davlat jismoniy tarbiya institutida magistrlik darajasini olgan[2]. Rus, nemis va arman tillarini biladi.
2005-yilda yoshlar oʻrtasidagi mamlakat chempionatida gʻolib chiqdi. Oʻsha yili u Avstriyaga yashashga koʻchib oʻtdi, chunki u Armanistonning ogʻir atletika boʻyicha yoshlar terma jamoasiga kirish imkoniyatiga ega emas edi[3]. 2014-yilda u Avstriya fuqaroligini oldi va Avstriya terma jamoasida oʻynay boshladi.
Badenda yashaydi, SK Voest Linsda mashq qiladi. U Avstriya Qurolli Kuchlarining Armiya sport markazida xizmat qiladi, kapral unvoniga ega[4]. U Germaniya Bundesligasida Germaniyaning Obrigheim klubida oʻynaydi. Uning sport kumiri amerikalik bokschi Muhammad Ali va sovet ogʻir atletikachisi Vasiliy Alekseevdir.
2015-yilda Sargis Martirosyan Vena shahrida bo‘lib o‘tgan Avstriya chempionatida ishtirok etib, birinchi o‘rinni egalladi. 2016-2018-yillarda Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Forde va Buxarestda bronza, Splitda esa kumush medalni qo‘lga kirigan. 2016-yilgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan, besh karra Avstriya chempioni bo‘lgan. 2015-yilda Xyustonda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida va 2021-yilda Ochiq chempionatda oʻyinni tugata olmadi.
Sport natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sana | Musobaqa | Joy | Vazn toifasi | Oʻrin |
---|---|---|---|---|
2014 | Jahon chempionati | Olmaota | 105 kg gacha | 12 |
2015 | Yevropa chempionati | Tbilisi | 105 kg gacha | 8 |
2015 | Avstriya chempionati | Vena | 105 kg gacha | 1 |
2015 | Jahon chempionati | Hyuston | 105 kg gacha | |
2016 | Yevropa chempionati | Forde | 105 kg gacha | 10 |
2016 | Xalqaro Fajr kubogi | Tehron | 105 kg gacha | 2 |
2016 | Avstriya chempionati | Shrems | 105 kg gacha | 1 |
2016 | Yozgi Olimpiya oʻyinlari | Rio-de-Janeyro | 105 kg gacha | 11 |
2017 | Yevropa chempionati | Split | 105 kg gacha | 4 |
2017 | Avstriya chempionati | Feldkirchen bei Graz | 105 kg gacha | 1 |
2017 | Jahon chempionati | Anaheim | 105 kg gacha | 11 |
2018 | Yevropa chempionati | Buxarest | 105 kg gacha | 3 |
2018 | Jahon chempionati | Ashxobod | 109 kg gacha | 13 |
2018 | Avstriya chempionati | Braunau am Inn | 105 kg dan ortiq | 1 |
2019 | Yevropa chempionati | Batumi | 109 kg gacha | 8 |
2019 | Koʻk qilich kubogi | Meissen | 109 kg gacha | 1 |
2019 | Jahon chempionati | Pattaya | 109 kg gacha | 16 |
2019 | Avstriya chempionati | Linz | 109 kg dan ortiq | 1 |
2020 | Jahon chempionati | Rim | 109 kg dan ortiq | 5 |
2020 | IWF Rogue World Challenge | Kolumbiya | 109 kg dan ortiq | 3 |
2021 | Yevropa chempionati | Moskva | 109 kg gacha | 9 |
2021 | Ochiq chempionat | 109 kg gacha | ||
2021 | Yozgi Olimpiya oʻyinlari | Tokio | 109 kg gacha |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Армянский тяжелоатлет стал трехкратным чемпионом Австрии“ (ru). Rusarminfo (2017-yil 10-noyabr). 2018-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-aprel.
- ↑ Martin Koch. „Ganz persönlich: Sargis Martirosjan im Interview“ (de). Österreichischer Gewichtheber Verband (2017-yil 6-avgust). 2021-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-iyul.
- ↑ „Саркис Мартиросян – главная надежда Австрии в тяжелой атлетике - Спортивные новости“ (ru). armsport.am (2012-yil 13-iyun). 2018-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-aprel.
- ↑ „Bundesheer-Leistungssportler/-innen“. Österreichisches Bundesheer. 2021-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-iyul.