Kontent qismiga oʻtish

Sanjar Asqaraliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sanjar Asqaraliyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sanjar Usmonovich Asqaraliyev
Tavallud sanasi 20-yanvar 1981-yil (1981-01-20) (43 yosh)
Tavallud joyi Namangan Oʻzbekiston SSR SSSR
Boʻyi 176 sm
Ampluasi Yarim himoyachi, Hujumchi
Vazni 68 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Navbahor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2000—2002 Navbahor 55 (20)
2003 Andijon 23 (4)
2004 Metallurg Bekobod 12 (2)
2004—2010 Neftchi 168 (8)
2011 Navbahor 10 (1)
2011 Neftchi 10 (0)
2012 Navbahor 11 (0)
2012—2013 Neftchi 35 (1)
2014 Buxoro 10 (0)
2015 Andijon 19 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Sanjar Usmonovich Asqaraliyev (1981-yil 20-yanvar, Namangan, Oʻzbekiston SSR) — sobiq oʻzbek futbolchisi, pozitsiyasi boʻyicha yarim himoyachi. „Neftchi“ va „Navbahor“ jamoalari safida Oʻzbekiston musoboqalarida muvaffaqiyatli harakat qilgan futbolchi.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sanjar Namangan futboli maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va shu bilan birga taniqli murabbiy Usmon Asqaraliyevning oʻgli hamdir. U faoliyatini „Navbahor“ jamoasi safidagi dastlabki yillarida hujumchi sifatida harkat qilgan. „Lochinlar“ safida 3 mavsum davomida toʻp surgan Asqaraliyev jamoaning ajralmas futbolchilardan biriga aylandi 2003-yilda oʻz jamoasini oʻzgartirishni istab, mavsum boshida Vodiyning boshqa bir klubi, Andijonning „Andijon“ jamoasi safiga oʻtdi. Andijonliklar safida bir mavsum davomida toʻp surib, 2004-yilgi mavsum oldidan Bekobodning „Metallurg“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Yarim yil davomida madanchilar safida toʻp usrgan xolda, 2004-yilgi mavsumning yozgi transfer oynasi vaqtida Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Yuriy Sarkisyan boshchiligidagi „Neftchi“ klubi tarkibida 6 mavsum davomida toʻp surdi va jamoaning asosiy futbolchilardan biriga aylandi[1]. Uning oʻyin uslubidagi yorqinlik „Neftchi“ jamoasi tarkibida koʻrindi. Fargʻonaliklar birgalikda bir necha bor Oʻzbekiston Oliy ligasi sovrindoriga aylandi va Osiyo chempionlar ligasida munosib harakat qildi. 2011—2013-yillar oraligʻida Neftchi va Navbahor jamoalari orasida bir necha bor klubi almashtirdi[2][3]. 2014-yilg yozgi transfer oynasi vaqtida Buxoro jamoasi bilan shartnoma imzoaldi[4]. 2015-yilgi mavsumda „Andijon“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2016-yilgi mavsumda „Navbahor“ jamoasi safida oʻtkazdi[5]. 2017-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Istiqlol“ klubi bilan shartnoma imzoladi[6]. 2018-yilgi mavsum oldidan futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyatidan soʻng „Navbahor-Umid“ akademiyasi murabbiyi keyinchalik direktoriga etib tayinlandi[7].