Salavat Yulaev Ufa
Salavat Yulaev xokkey klubi (ruscha: Хоккейный клуб «Салават Юлаев»; boshqirdcha: «Салауат Юлаев» хоккей клубы) (odatda Salavat Yulaev Ufa deb ataladi) Rossiya Federatsiyasining federal subyekti Boshqirdiston Respublikasining Ufa shahrida joylashgan professional xokkey jamoasidir. „Salavat Yulaev Ufa“ xokkey klubi Kontinental xokkey ligasining Chernyshev divizioni aʼzosidir.
1961-yilda tashkil etilgan „Salavat Yulaev Ufa“ xokkey klubi Sovet davrini asosan, quyi divizionlarda oʻtkazdi. Sovet davrida „Salavat Yulaev Ufa“ xokkey klubi bor-yoʻgʻi besh mavsum oliy ligada ishtirok etdi. Klub Sovet Ittifoqi parchalanganidan beri Rossiya oliy ligasida qatnashib kelmoqda.
„Salavat Yulaev Ufa“ xokkey klubi 2011-yilda bir marta KHL chempioni sifatida Gagarin kubogini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, klub ikki marta, 2009 va 2010-yillarda, muntazam mavsum chempionligini qoʻlga kiritdi va ikkinchisi uchun ilk Kontinental kubogini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi. „Salavat Yulaev Ufa“ xokkey klubi 2008-yilda Rossiya Superligasining yakuniy chempionligini qoʻlga kiritgan edi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sovet davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]1961-yilda tashkil etilgan klub Boshqirdiston milliy qahramoni Salavat Yulaev nomi bilan atalgan. Yillar davomida quyi divizionlarda kurash olib borgan „Salavat Yulaev Ufa“ xokkey klubi 1964-yilda Sovet ligasining ikkinchi darajasidagi „A klassi“ga taklif qilindi va keyinchalik 1978 —1979, 1980 —1981, 1982 —1983, 1985 —1986 va 1986 —1987-yilgi mavsumlarda elita guruhiga koʻtarildi.
KHL davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008-yil 11-iyulda klub NHL yulduzi Alexandr Radulov bilan shartnoma imzoladi. 2009-yil 9-iyunda matbuot bayonotida klub Viktor Kozlov bilan uch yillik shartnoma imzolagani haqida xabar berildi[1].
2022-yil mart oyida jamoadagi toʻrtta fin oʻyinchisi, shu jumladan toʻpurarlar yetakchisi Teemu Hartikainen hamda Geoff Platt va Philipp Larsen Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli jamoani tark etishdi[2].
Muntazam mavsum KHL natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]r
Mavsum | Oʻyin | Gʻalaba | Magʻlubiyat | Qoʻsjimcha vaqtdagi magʻlubiyatlar | Ochkolar | Gollar
(uy oʻyinida) |
Gollar
(safar oʻyinida) |
Natija va diviziya | Toʻpurarlar | Pley-off oʻyinlari |
2008 —2009 | 56 | 38 | 8 | 2 | 129 | 203 | 116 | 1-oʻrin, Bobrov | Alexei Tereshchenko | Dastlabki bosqichda magʻlub boʻldi, 1-3 (Avangard Omsk) |
2009 —2010 | 56 | 37 | 8 | 1 | 129 | 215 | 116 | 1-oʻrin, Chernyshev | Alexander Radulov | Konferensiya finalida magʻlub boʻldi, 2-4 (Ak Bars Kazan) |
2010 —2011 | 54 | 29 | 12 | 0 | 109 | 210 | 144 | 2-oʻrin, Chernyshev | Alexander Radulov | Gagarin kubogi chempioni, 4-1 (Atlant Moscow Oblast) |
2011 —2012 | 54 | 23 | 18 | 1 | 89 | 173 | 152 | 2-oʻrin, Chernyshev | Alexander Radulov | Konferensiya chorak finalida magʻlub boʻldi, 2-4 (Ak Bars Kazan) |
2012 —2013 | 52 | 24 | 17 | 0 | 88 | 148 | 140 | 2-oʻrin, Chernyshev | Igor Mirnov | Konferensiya yarim finalida magʻlub boʻldi, 3-4 (Ak Bars Kazan) |
2013 —2014 | 54 | 25 | 16 | 3 | 94 | 140 | 155 | 2-oʻrin, Chernyshev | Dmitri Makarov | Konferensiya finalida magʻlub boʻldi, 1-4 (Metallurg Magnitogorsk) |
2014 —2015 | 60 | 25 | 27 | 2 | 86 | 173 | 158 | 4-oʻrin, Chernyshev | Kirill Koltsov | Konferensiya chorak finalida magʻlub boʻldi, 1-4 (Metallurg Magnitogorsk) |
2015 —2016 | 60 | 29 | 22 | 3 | 101 | 179 | 156 | 3-oʻrin, Chernyshev | Linus Omark | Konferensiya finalida magʻlub boʻldi, 1-4 (Metallurg Magnitogorsk) |
2016 —2017 | 60 | 27 | 20 | 13 | 88 | 169 | 174 | 3-oʻrin, Chernyshev | Linus Omark | Konferensiya chorak finalida magʻlub boʻldi, 1-4 (Ak Bars Kazan) |
2017 —2018 | 56 | 31 | 20 | 5 | 93 | 151 | 139 | 1-oʻrin, Chernyshev | Linus Omark | Konferensiya yarim finalida magʻlub boʻldi, 3-4 (Traktor Chelyabinsk) |
2018 —2019 | 62 | 31 | 21 | 10 | 72 | 158 | 140 | 3-oʻrin, Chernyshev | Linus Omark | Konferensiya finalida magʻlub boʻldi, 2-4 (Avangard Omsk) |
2019 —2020 | 62 | 29 | 23 | 10 | 68 | 153 | 144 | 3-oʻrin, Chernyshev | Linus Omark | Konferensiya chorak finalida gʻolib boʻldi, 4-2 (Avangard Omsk) Final oʻyini COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilindi. |
2020 —2021 | 60 | 28 | 17 | 5 | 81 | 181 | 151 | 2-oʻrin, Chernyshev | Teemu Hartikainen | Konferensiya yarim finalida magʻlub boʻldi, 0-4 (Ak Bars Kazan) |
2021 —2022 | 45 | 28 | 11 | 6 | 62 | 131 | 96 | 1-oʻrin, Chernyshev | Markus Granlund | Konferensiya yarim finalida magʻlub boʻldi, 2-4 (Traktor Chelyabinsk) |
Oʻyinchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Joriy roʻyxat
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil 30-iyul holatiga koʻra;
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chempion
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gagarin kubogi (1): 2011
KHL Muntazam mavsum / Kontinental kubogi (2): 2009, 2010
Opening kubogi (2): 2008—2009, 2011—2012
Rossiya Superligasi (1): 2008
IIHF kontinental kubogi (1): 1995
Sovet ligasi A2 darajasi (5): 1978, 1980, 1982, 1985, 1992
Pajulahti kubogi (1): 2003
Ikkinchi o‘rin
[tahrir | manbasini tahrirlash]KHL 2013—2014, 2015—2016
Kontinental kubogi (1): 1997
Spengler kubogi (2): 2007, 2014
Rossiya Superligasi (1): 1997
IHL chempionati (1): 1995
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Виктор Козлов продолжит карьеру в Уфе“. HC Salavat Yulaev Ufa (2009-yil 9-iyun). 2009-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Venäläismedia: Suomalaiset KHL-pelaajat lähtevät joukolla Venäjältä“ (Finnish). Ilta-Sanomat (2022-yil 4-mart). Qaraldi: 2022-yil 4-mart.