Kontent qismiga oʻtish

Qaragʻandi

Koordinatalari: 49°48′0″N 73°7′0″E / 49.80000°N 73.11667°E / 49.80000; 73.11667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Карагандаdan yoʻnaltirildi)
Qarag'andi

Қарағанды
shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
49°48′0″N 73°7′0″E / 49.80000°N 73.11667°E / 49.80000; 73.11667
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Qarag'andi viloyati
Hukumat
 • Akim Abdishev Baurjan Tuyteevich
Asos solingan 1931
Ilk eslatilishi 1934
Maydon 550 km2 (210 kv mi)
Markazi balandligi 553 m
Aholisi
 (2013)
479 211[1]
Zichligi 846 kishi/km2
Milliy tarkib ruslar 50,57 %
qozoqlar 36,25 %
ukrainlar 4,80 %
olmonlar 3,31 %
tatarlar 3,05 %
koreyslar 1,57 %
beloruslar 1,16 % [2][3]
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 7212
Pochta indeks(lar)i 100000-100030
Avtomobil kodi M
Qarag'andi xaritada
Qarag'andi
Qarag'andi

Qaragʻandi (qozoqcha: Қарағанды) — Qozogʻiston Respublikasi Qaragʻandi viloyatidagi shahar (1934-yildan), viloyat markazi. Temir yoʻl bekati. Aholisi 475 267 kishi (2012). Shahar Qaragʻanda koʻmir havzasining markazida shaxtyorlar shaharchasi sifatida vujudga kelgan. 1936-yildan Qaragʻandi viloyati markazi. Sanoatining asosiy tarmogʻi — koʻmir qazib olish. Mashinasozlik zavodlari ishlab turibdi, konshaxta jihozlari va metall konstruksiyalar ishlab chiqariladi. Yengil, oziq-ovqat sanoati tarmoqlari, qurilish materiallari korxonalari, issiqlik elektr markazi faoliyat koʻrsatadi. Qaragʻandi bir necha massivlardan iborat, bular: Eskishahar (19-asrning 2-yarmi), Yangishahar, Moyquduq, Katta Mixaylovka, Fyodorovka va boshqalar). Hozirgi Qaragʻandining markazi — Yangishahar. Qozogʻiston Fanlar Akademiyasining boʻlimi, 5 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), 3 teatr, tasviriy sanʼat va oʻlkashunoslik muzeylari, Botanika bogʻi bor.

Aholisi boʻyicha qaragʻandi viloyatida birinchi oʻrinni egallaydi — 475 267 kishi. (2012)[1] Qozogʻiston boʻyicha 4 oʻrinni egallaydi (Olmota, Ostona va Chimkentdan shaharlaridan keyin). Shahar aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil):[2][3]

2006-yilgi hisobot boʻyicha aholining 1000 kishiga umumiy koeffisientlari:

  • tugʻulish — 16,85
  • oʻlim — 13,89
  • tabiiy oʻsish — 2,96

Shaharda 01.01.07 yilgi 10371 tadbirkorlik sub’ekti roʻyxatdan oʻtgan, shulardan 92 katta, 397 oʻrta, 9882 kichik sub’ektlardir.

  • Asosiy iqtisodi:
  • energetika;
  • oziq ovqat korxonasi.

Shaharning asosiy korxonalari: „Qaragʻandi-Jariq“ MChB, „Qaragʻandi Margarin zavodi“ AJ, „EFES Qaragʻandi pivo zavodi“ AJ HT, „Qaragʻandi konfeti“ AJ, Qaragʻandi metallokonstruktsiya zavodi „Imstal’kon“ AJ filiali, „Qaragʻandi Jilu“ MCHB. Ishlab chiqariladigan mahsulotning asosiy turlari:

  • Elektr energiyasi;
  • issiqlik energiyasi;
  • margarin mahsuloti;
  • pivo;
  • konfetlar.

Qishloq xoʻjaligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qaragʻandi hududida qishloq xoʻjaligi hosil olish uchun 10,3 ming gektar qishloq xoʻjalik yerlari foydaniladi, shu jumladan 3,0 ming gektari — ekinzorlar. 2006-yilgi bugʻdoyga 2,9-ming gektar qishloq xoʻjalik yerlari foydalandi, uning 0,1-ming getarini sholi oʻsimliklari, 1,3-minh gektarini kartochka, 0,5-ming gektarini koʻkatlar oladi. 2006-yili 0,1-ming tonna sholi oʻsimliklar, 23,5-ming tonna kartochka, 12,5-ming tonna koʻkatlar, 0,7-ming ttonna goʻsht (tiriklay hisobda), 3,5-ming tonna sut; 1991,0-ming ta tuxum olindi. 2007-yilgi 1-yanvarda Buqa va sigirlar soni 3,0-ming ta; qoʻy va echki — 1,1-ming ta; choʻchqa — 2,4-ming ta; yilqi — 0,1-ming ta; qush — 22,8-ming tani tashkil qildi.*

Ijtimoiy soha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharda 2006/2007 oʻquv yili boʻyicha

  • 103 kunduzgi umumiy bilim dargohi faoliyat yuritadi, unda 62917-oʻquvchi oʻqiydi,
  • 18 kolledjda — 23427-oʻquvchi,
  • 11 kasb-hunar oʻquv joyida — 4567 oʻquvchi,
  • 12 oliy oʻquv yurtlarda — 56222 student oʻqiydi.
  • 26 kutubxona,
  • 9 klubga oʻxshash mahkama,
  • 4 madaniyat va hordiq chiqarish parki,

• 3 teatr,

  • 2 muzey,
  • 1 kontsert zali,
  • 1 xayvonotlar bogʻi ish yuritadi.