Kontent qismiga oʻtish

Rustam Doʻrmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rustam Do'rmonovdan yoʻnaltirildi)
Rustam Doʻrmonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rustam Charshanbiyevich Doʻrmonov
Tavallud sanasi 28-yanvar 1969-yil (1969-01-28) (55 yosh)
Tavallud joyi Termiz, Oʻz SSR, Soviet Union
Boʻyi 1.77 m (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Surxon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1985—1989 Surxon 89 (14)
1990—1991 Neftyanik Fergana 80 (25)
1992—1994 Neftchi 73 (53)
1995 Paxtakor 20 (5)
1996—1997 Neftchi 55 (37)
1999—2000 Navbahor 25 (12)
2000—2002 Neftchi 69 (12)
Milliy terma jamoa
1992—2000 Oʻzbekiston 14 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Rustam Charshanbiyevich Doʻrmonov (1969-yil 28-yanvarda tugʻilgan[1]) – Oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, hujumchi ampulasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doʻrmonov 1985-yildan 1989-yilgacha Sovet Ittifoqi Ikkinchi ligasida „Surxon Termiz“ jamoasida oʻynagan. Jamoadagi oʻyinlari davomida u bir vaqtning oʻzida Sovet Armiyasi safida xizmat qilgan. Harbiy xizmat davrida Tallinning „Zirka“ armiya jamoasi tarkibida oʻynagan. 1990-yilda Fargʻonaning „Neftyanik“ (hozirgi „Neftchi“) jamoasiga koʻchib oʻtgan va 1992—1994-yillarda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan burgalikda ketma-ket uch marta Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritgan. 1994-yilgi MDH kubogida ham qatnashib, „Neftchi“ jamoasini ikkinchi oʻrinni olishida munosib hissa qoʻshgan. 1995-yilda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida oʻynagan, keyingi yili esa Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga qaytgan va 1997-yil oxirigacha oʻynagan. 1999—2000-yillarda Namanganning „Navbahor“ jamoasida oʻynagan[2]. 2000-yilda yana „Neftchi“ga qaytib kelgan va keyingi yili mamlakat chempioni boʻlgan. 2002-yilgi mavsum yakunlanganidan soʻng, professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Doʻrmonov faoliyatining katta qismini Fargʻonaning „Neftchi“ klubida oʻtkazgan va Oʻzbekiston Oliy ligasida116 ta gol urgan[3]. Doʻrmonov bu natijalari Fargʻonaning „Neftchi“ klubida Yuriy Sarkisyandan keyin eng koʻp gol urgan futbolchiga aylantirgan. Rustam liga va kubok oʻyinlarida jami 133 ta gol urgan xolda Gennadiy Krasnitskiy klubi aʼzosi sifatida tanlangan.

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doʻrmonov futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini 1992-yil 17-iyun kuni Markaziy Osiyo kubogi doirasida Tojikiston milliy terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan[4][5]. 1994-yilda Yaponiyada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida ishtirok etish uchun terma jamoaga tarkibiga kiritilgan. OFK 1994-yildan boshlash terma jamoalar safiga faqat 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilarni jalb qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan boʻlsa-da, bu turnirga deyarli barcha jamoalar eng kuchli tarkib bilan borgan. Turnirda Rustam Doʻrmonov turnir gʻolibiga aylangan jamoaning asosiy oʻyinchisi boʻlmagan va asosan zaxiradan maydonga tushgan. Turnir yakunida oltin medallarini ham qoʻlga kiritishiga toʻsqinlik qilmagan. Rustam 2000-yilgacha milliy terma jamoada oʻynagan. U terma jamoa safida jami 14 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan[6]. Doʻrmonov 1998-yilgi Jahon chempionati saralashida Yamanga qarshi oʻyinda ham oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning yoz oyida „Navbahor“ klubi bilan shartnoma imzolagan va bosh murabbiylik qilagan[7][8]. 2017-yilgi mavsumda Xotira-79 klubida bosh murabbiylik qilgan[9][10][11]. 2019-yilgi mavsum bir muddat Fargʻonaning „Istiqlol“ klubi murabbiylar shtabida koʻrinish bergan[12].

Terma jamoa bilan

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari chempioni: 1994-yil

Shaxsiy sarlavha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rustam Doʻrmonovning akasi Abdusamad Doʻrmonov va ukasi Ravshan Doʻrmonov[15] ham futbolchi boʻlgan. 1992-yilgi mavsumda uch aka-uka bir vaqtning oʻzida „Neftchi“ (Fargʻona) klubi tarkibida oʻynagan.