Kontent qismiga oʻtish

Marsel Idiatullin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marsel Idiatullin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Marsel Idiatullin
Tavallud sanasi 28-dekabr 1977-yil (1977-12-28) (46 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001—2003 Qizilqum 59 (47)
2004—2009 Lokomotiv 128 (42)
2009 Soʻgʻdiyona 10 (-)
2010—2011 Doʻrmon-Sport -
Milliy terma jamoa
2001—2005 Oʻzbekiston 7 (2)
Boshqargan klublari
Lokomotiv Akademiya murabbiyi
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Marsel Idiatullin (1977-yil 28-dekabrda tugʻilgan) – nafaqadagi Oʻzbekistonlik professional futbolchisi va Toshkentning „Lokomotiv“ akademiyasi murabbiyi.

2002—2003 yillarda „Qizilqum“ safida toʻp surgan, 59 ta oʻyin oʻtkazib, 47 ta gol urgan. 2004—2009-yillarda Toshkentning „Lokomotiv“ klubida oʻynagan (128 oʻyin va 42 gol). 2009-yil Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasida qisqa muddat (10 ta oʻyin) oʻynagan.

Qizilqum Zarafshon

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2002—2003-yillarda Idiatullin „Qizilqum Zarafshon“ jamoasida oʻynagan[1]. „Qizilqum“ 2002-yilgi mavsumni uchinchi oʻrinda yakunlagan va Idiatullin klub tarkibida 21 ta gol urgan. 2003-yilgi mavsumda 26 ta gol urib, Oʻzbekiston oliy ligasi toʻpurari boʻlgan.

Toshkentning „Lokomotiv“ klubi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marsel 2004-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagan va 5 mavsum davomida oʻynagan. Bu davrda temiryoʻlchilar safida 42 ta gol urgan[2][3][4].

Marsel Gennadiy Krasnitskiy nomidagi oʻzbek toʻpurarlari klubi aʼzosi boʻlib, 101 ta gol (89 tasi Oʻzbekiston ligasida, 12 tasi Kubok bahslarida)muallifi boʻlgan[5].

Soʻgʻdiyona Jizzax

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilning avgust oyida Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasini tark etib, „Soʻgʻdiyona“ klubiga oʻtgan[6].

Doʻrmon-Sport

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Birinchi ligasining Doʻrmon-Sport jamoasida oʻynagan.

  • Oʻzbekiston ligasi 3-oʻrin: 2002-yil
  • Oʻzbekiston Ligasi eng yaxshi toʻpurari: 2003-yil[7][8]