Ruandadagi genotsid
Ruandadagi 1994-yilgi qirgʻin (kinya. Itsembabwoko ryʼu Rwanda ryʼ1994) — Ruanda aholisining etnik jihatdan koʻpchiligini tashkil etuvchi xutu qabilasi tomonidan ushbu mamlakat aholisining kamchiligini tashkil etuvchi tutsi qabilasining ommaviy tarzda qirgʻin (genotsid) qilinishi. Mazkur irqiy mojaroning asosiy aybdori Ruandada 1993-yilning oxirlarida hokimiyat tepasiga kelgan muvaqqat hukumat hisoblanadi. Ushbu qonli voqealar insoniyat tarixidagi eng dahshatli qirgʻinlardan biri boʻlib, qotilliklar tezligi ikkinchi jahon urushidagi nemis lagerlaridagi qirgʻindan besh barobar koʻpdir. Qonli voqealar uch oy davom etgan. Maʼlumotlarga koʻra 1 milliondan ortiq kishi qurbon boʻlgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xutu va Tutsi qabilalari Afrikadagi Ruanda, Uganda va boshqa qoʻshni davlatlar aholisining asosiy qismini tashkil etadi. Ular qadimiy tarixga ega. Tutsi qabilasi qadimdan zodagon xalq hisoblanib kelgan, xutu esa oʻrtahol va kambagʻallardan tashkil topgan. XX asr oʻrtalaridan tutsi qabilasi Germaniya, Italiya, Belgiya kabi davlatlarning bu yerdagi mustamlakachilik siyosatiga qarshi isyon koʻtaradi. Bundan choʻchigan mustamlakachilar xutu qabilasi vakillarini qoʻllab, ularga yangi davlat tuzish imkoniyatini yaratib beradi. 1962-yilda mustaqil yangi Ruanda davlati tuzilgani eʼlon qilindi. Hokimiyat xutu vakillari qoʻlida edi. Tutsilar siqib chiqarildi va qoʻshni davlatlarga qochishga majbur boʻlishdi. 1980-yillarga kelib koʻplab tutsilar qochoq maqomida boʻlib, asosan Zair, Tanzaniya, Uganda kabi qoʻshni davlatlarda yashagan. Eng faol tutsilar Ugandada boʻlib, bu yerda “Ruanda vatanparvar fronti” (RVF) partiyasini tuzdilar. RVF partiyasining maqsadi Ruandada hokimiyatni isloh qilishdan iborat edi. 1990-yillar boshida RVF 14000ga yaqin harbiylari bilan Ruandaga bostirib kiradi. Ruanda harbiylari esa ularni toʻxtatib qolishadi. Oʻrtada shartnoma tuziladi, biroq u buzilib, 1991-yil oʻrtalarida urush kelib chiqadi. Urushni toʻxtatish va Ruandadagi hokimiyatni isloh qilish maqsadida 1993-yilning 4-avgust kuni shartnoma imzolanadi. Shartnomaga koʻra, Ruandada muvaqqat hukumat tuzilib, hokimiyatda xutu va tutsi qabilasi aʼzolari teng huquqqa egaligi, ikki tomon qurolli kuchlarini birlashtirish va qochoqlarni qaytarish zarurligi aytildi. Nazorat qiluvchi BMT huzurida maxsus komissiya tuzildi. Bu vaqtda mamlakatda tartibsizliklar avj olib boʻlgandi.
Voqealar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1994-yilning 6-aprel kuni poytyaxt Kigaliga kelayotgan samolyot urib portlatiladi. Samolyot bortidagi Ruanda prezidenti Xabarimana va Uganda prezidenti Ntaryamira halok boʻladi. Davlat boshqaruvi Teodor Sindikubvabo boshchiligidagi muvaqqat hukumatga oʻtadi.
- 7-aprel kuni Kigali aeroportidagi Belgiya zobitlari Ruanda armiyasi zobitlari tomonidan asir olinib, qurolsizlantirildi. Ruanda armiyasi zobitlari tutsilarni va betaraf xutularni ayovsiz oʻldira boshladilar. Mamlakat boʻylab qirgʻin toʻlqini tarqala boshladi.
- Harbiylar Ruanda bosh vaziri Uvilingiymanani vaxshiylarcha oʻldirishadi.
- Ruanda harbiylari asir olingan BMT Tinchlikparvar kuchlari vakillarini dahshatli qiynoqlarga solib oʻldirishdi[1].
- Ruandaning deyarli barcha ommaviy axborot vositalarida tutsilarni va ularga yon berayotganlarni ayovsiz qirib tashlash kerakligini ertayu kech targʻib qildi[2][3] Keyinchalik targʻibotchi jurnalistlar turli muddatlarga qamoqqa hukm qilindi[4].
- Ruanda vatanparvar fronti mamlakat shimolida qarshilik harakatlarini boshladi.
- Belgiya va Fransiya oʻz fuqarolarini evakuatsiya qilishni boshladi.
- Kigalidagi shifoxonalardan biridagi yuzga yaqin tutsilar qirib tashlandi.
- Kigalidagi maktablardan biridagi ikki mingga yaqin tutsilar qirib tashlandi.
- 15-aprel kuni Kibungodagi cherkovda 2800 kishi oʻldirildi.
- 18-aprel kuni 21 mingdan ortiq tutsilar “interaxamve” deb nomlangan maxsus harbiy otryad tomonidan ayovsiz qirib tashlandi.
- 19-aprel kuni Teodor Sindikubvabo radio orqali Butar viloyatidagi hamma tutsilarni yonayotgan shinalar bilan oldindan toʻldirilgan chuqurlarga tashlashni buyurdi[5].
- 22-aprel kuni Sobu monastirida 7000 ga yaqin tutsilar qirib tashlandi. Ularning 600 dan koʻpi tiriklayin yoqib yuborildi.[6].
- 31-may kuni RVF zobitlari mamlakatning yarmini qoʻlga olishdi.
- 4-iyul kuni RVF zobitlari Kigalini qoʻlga olishdi. Tez orada butun mamlakatdagi vaziyat tinchlandi. Jinoyatchi xutular qoʻshni mamalakatlarga qochib ketishdi.
- RVF harbiylari oʻldirilgan tutsilar uchun qasos olishgan: Hukumat qoʻshinlaridagi askarlarning oila aʼzolarini (xutularni) qirib tashlashgan. Minglab odamlar oʻldirilgan.
Natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jangarilar barcha turdagi ommaviy qirgʻin qurollaridan foydalanishgan. Odam oʻldirishda ular nihoyatda shafqatsiz usullarni qoʻllashgan, ularni dahshatli qiynoqlar bilan oʻldirishgan. 250 mingdan ortiq ayollar zoʻrlangan, ularning aksariyati OITS bilan kasallangan[7]. Koʻpchilik tutsilar daryoning tez oqadigan joylarga olib kelinib, oʻldirilib, daryoga uloqtirilgan.
BMT maʼlumotlariga koʻra, qirgʻinda 937 ming kishi halok boʻlgan. Ayrim maʼlumotlarda esa 1 million 200 ming kishi deyiladi. Mamlakat juda katta qiyinchiliklar girdobida qoldi. Epidemiya tarqaldi, tartibsizlik, qashshoqlik, ochlik odamlarning umrini qisqartirdi. Keyingi oʻn yil davomida fuqarolar urushi davom etdi.
Sud hukmi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1994-yilning noyabrida Tanzaniyada tribunal ish boshladi. 2008-yil Sud hukmi bilan Ruanda qurolli kuchlari qoʻmondoni polkovnik Tenosete Bagosoru genotsidning asosiy aybdori deb topildi va umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi[8][9]. 2011-yilda Ruanda qurolli kuchlari qoʻmondoni general Bizimungu 30 yilga qamoqqa hukm qilindi[10].
Xotira
[tahrir | manbasini tahrirlash]Har yili genotsid qurbonlari uchun xotira kuni nishonlanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Peacekeeper, 2015-04-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-04-02
- ↑ „Коллет Брейкман. Подстрекательство в геноциду“. 2014-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-aprel.
- ↑ RTLM radio, 2014-11-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-04-02
- ↑ Журналистов к пожизненному заключению, 2009-04-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-04-02
- ↑ „Italian Rwanda convict flown home“. BBC (28 февраля 2008). 2012-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 29-oktyabr.
- ↑ Суд Бельгии признал католических монахинь виновными в геноциде в Руанде, 2015-04-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-04-02
- ↑ Последствия сексуального насилия в Руанде
- ↑ „Guardian: Обвиняемый в геноциде в Руанде получил пожизненное заключение“. Взгляд]] (2008-yil 19-dekabr).
- ↑ „Организатор геноцида в Руанде осуждён“. Би-би-си (2008-yil 18-dekabr).
- ↑ „Rwanda genocide: Ex-army chief given 30-year sentence“. BBC (2011-yil 17-may). 2011-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-may 2011-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Сайт Международного трибунала по Руанде
- Хроника геноцида в Руанде на сайте Общественного телевидения США(ingl.)
- Leave None to Tell the Story: Genocide in Rwanda — подробнейший отчёт Human Rights Watch(ingl.)
- фото-репортаж Gilles Peress
- Геноцид в Руанде на сайте «Геноцид.ру»
- Радиопрограмма о Радиостанции Тысячи Холмов (Wayback Machine saytida 2015-04-02 sanasida arxivlangan)
- Тутси против хуту. Досье на национальный конфликт (Wayback Machine saytida 2015-04-02 sanasida arxivlangan)
- Геноцид в Руанде на сайте «Конфликтолог»
- Руанда 13 лет спустя. 2007 год (Wayback Machine saytida 2014-11-25 sanasida arxivlangan)
- Документы ООН по геноциду
- Полные тексты интервью с представителями правительства США, ООН, общественных организаций и журналистами, взятые для документального фильма «Призраки Руанды» (Ghosts of Rwanda) (ingl.)