Xutu
Xutu (bxuttu yoki baxutu deb ham eslab oʻtilgan) — markaziy Afrikadagi xalq, Ruanda va Burundining asosiy aholisi hisoblangan. AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining maʼlumotlariga koʻra, Ruanda aholisining 84 % va Burundi aholisining 85 % xutular tashkil etgan. Qadimdan xutularning asosiy mashgʻuloti qishloq xoʻjaligi boʻlib, ular asosan bantu guruhi tillarida soʻzlashishgan, hozirda esa u yerda katolik dini hukmronlik qiladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]I asrda shimoldan Afrikaning Buyuk koʻllari mintaqasiga xutular koʻchib oʻtib, oʻsha paytda bu hududdagi tva pigmeylarini siqib chiqargan.
XV asrda xutular tutsilar tomonidan bosib olingan. Xutular ustidan tutsining hokimiyati Belgiya tomonidan 1962-yilgacha, tuman Ruanda va Burundiga boʻlinib, mustaqillikka erishgunga qadar qoʻllab-quvvatlangan.
Tutsilar bilan boʻlgan mojarolar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ruandadagi genotsid yuz bergan vaqtga kelib, xutu va tutsilarga boʻlinishi koʻproq ijtimoiy xarakterga ega boʻlib, bu etnik guruhlar oʻrtasida til va madaniy tafovutlar tufayli sodir boʻlgan, jismoniy tafovutlar esa asosan millatlararo nikohlar tufayli boʻlgan. Xutularni boʻyi past va terisi toʻqroq rangda boʻlgan.[1] Belgiya mustamlakachi hukumati davridan buyon fuqarolik Ruanda ID kartasida qayd etilgan, bolaning fuqaroligi otasining fuqaroligiga mos kelgan. Yaʼni, agar ota xutu sifatida qayd etilgan boʻlsa, uning barcha farzandlari, hattoki onasi tutsi boʻlsa ham, xutu hisoblangan.[1][2]
Burundi 1962-yilda mustaqillikka erishgandan soʻng, xutular Ruanda hokimiyati ustunligini qoʻlga kiritishdi, keyingi oʻn yillik davrda esa mamlakatda ikkita genotsid yuz berdi. 1972-yilda tutsi armiyasi tomonidan xutularning ommaviy qirgʻinga uchragan (jabrlanganlarning umumiy soni rasmiy maʼlumotlarga koʻra 15 000, tadqiqotchilarga koʻra, yuzlab minglargacha baholangan)[3], 1994-yilda esa xutular tomonidan tutsilarga qarshi qirgʻin boʻlgan. 800 000 nafar kishi halok boʻlib, jami mojarolar natijasida millionga yaqin odam halok boʻlgam (Ruanda aholisining 14 %). Ikkala genotsid ham Burundidagi Xalqaro tergov komissiyasining yakuniy hisobotida tasvirlangan va 2002-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashiga taqdim etilgan.[4]
Xutular va tutsilar oʻrtasidagi kelishmovchilar tufayli Afrikaning Buyuk koʻllari tumanida vaziyat keskinligicha qolmoqda.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Carl H. Wilkens, I’m not leaving, 2011. ISBN 978-1-4507-8080-3
- ↑ „Minorities Under Siege: Pygmies today in Africa“. UN Office for the Coordination of Humanitarian Affairs (2006).
- ↑ „How the genocide happened“. BBC (2004-yil 1-aprel).
- ↑ International Commission of Inquiry for Burundi (2002). Paragraphs 85,496.