Kontent qismiga oʻtish

Fuqarolar urushi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fuqarolar urushi — bir mamlakat ichidagi ijtimoiy guruhlar oʻrtasida davlat hokimiyati uchun olib boriladigan qurolli kurash. Fuqarolar urushi ijtimoiy keskinliklar zaminida vujudga keladi. Tarixda Fuqarolar urushi turli shakl va koʻrinishda namoyon boʻlgan:

  • qullar qoʻzgʻoloni,
  • dehqonlar urushi,
  • partizanlar urushi,
  • xalqning hukumatga qarshi qurolli kurashi va hokazo.

Fuqarolar urushi davlatlar oʻrtasidagi urushlar, chet el bosqinchilariga qarshi kurash va milliy ozodlik harakati bilan qoʻshilib ketishi mumkin. Hokimiyatdagi hukmron guruhdar bir-biriga qarshi turgan Fuqarolar urushi ham boʻladi (Rim respublikasining agʻdarilishi davridagi Fuqarolar urushi, Angliyadagi Qizil gul va Oq gul urushlari).

Fuqarolar urushi etnik (2000—2003-yillarda Ruandada), separatistik (2000—2002-yillarda Serbiyada), konfessional (bir necha bor Shimoliy Irlandiyada) sabablarga koʻra kelib chiqishi mumkin. Fuqarolar urushida ishtirok etayotgan tomonlarning biri diniy, ikkinchisi dunyoviy shiorlar ostida (1992—95 yillarda Tojikistonda) harakat qilishi mumkin. Fuqarolar urushi iqtisodiy boʻhronlar, koʻplab odamlarning qurbon boʻlishiga olib keladi.