Riu Grandi du Norti
| |||
Braziliya shtati | |||
---|---|---|---|
Maʼmuriy markazi | Natal | ||
Aholi (2010) | 3 168 027 kishi | ||
Zichligi | 59,99 kishi./km² | ||
Maydoni | 52 810,7 km² (22-oʻrin) | ||
Vaqt mintaqasi | UTC-3 | ||
Kod ISO 3166-2 | BR-RN | ||
Rasmiy sayti | http://www.rn.gov.br | ||
Xaritada | |||
5°47′42″S 35°12′32″W / 5.79500°S 35.20889°W |
Riu-grandi-dunorti — Braziliyaning shim.sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 53,3 ming km2. Aholisi 2,7 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Natal sh. Yirik shaharlari: Mosoro, Makau va boshqa Shtatning jan. va markaziy qismi oʻrqirli platodan iborat boʻlib, shim. va sharkda Atlantika boʻyi tekisligiga oʻtib boradi. Iklimi subekvatorial, issiq, gʻarb va janubida quruq iklim. Oʻrtacha oylik tralar 24— 28°, yillik yogʻin gʻarb va janubida 600– 700 mm dan shim. va sharqiy qismida 900–1000 mm gacha. Savannalar, palma oʻrmonlari, butazorlar bor. Iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi tashkil etadi. Shakarqamish, paxta, sizal ekiladi. Shuningdek, maniok, makkajoʻxori, sholi, dukkakli ekinlar yetishtiriladi. Chorvachilik suyet rivojlangan. Baliq ovlanadi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal sanoati korxonalari bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |