Kontent qismiga oʻtish

Maranyan

Koordinatalari: 6°11′0″S 45°37′0″W / 6.18333°S 45.61667°W / -6.18333; -45.61667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maranyan
portugalcha: Maranhão

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Shtat
Tegishli Shimoli-sharqiy hudud
Tarkibida - 5 mezoregion;
- 21 mikroregion;
- 217 munitsipalitet
Maʼmuriy markazi San-luis
Gubernator portugalcha: Roseana Sarney
Vitse-Gubernator portugalcha: Washington Luiz de Oliveira
Senatorlar portugalcha: Edison Lobão Filho
portugalcha: Epitácio Cafeteira
portugalcha: João Alberto de Souza
YAIM (2009) R$39 855 000 [1]  (16-oʻrin)
Rasmiy tillar Portugal
Aholi (2010-yil) 6 574 789
Zichligi 19,81 kishi./km²
Dinlar tarkibi katoliklar
Maydoni 331 935,507 [2] km² (8-oʻrin)
Kengligi -6.183333
Uzunligi -45.616667
Vaqt mintaqasi GMT-3
Kod ISO 3166-2 BR-MA
Pochta indeksi 65000-000 по 65990-000
Rasmiy sayti ma.gov.br
Xaritada
Maranyan xaritada
Maranyan, Xarita
6°11′0″S 45°37′0″W / 6.18333°S 45.61667°W / -6.18333; -45.61667

Maranyan — Braziliyaning shim.gʻarbiy qismidagi shtat, Atlantika okeani sohilida. Maydoni 333,3 ming km². Aholisi 5,63 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — San-Luis shahri M. hududi Braziliya yassitogʻligining shim. kismi va sohilboʻyi allyuviy pasttekisligidan iborat. Ikdimi sernam, subekvatorial iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura San-Luis shahri atroflarida 21—3 G, yillik yogin 1900 mm gacha, jan.-sharqiy qismida 650–1000 mm, sentabr-noyabr oylari kurgʻoqchil. Oʻsimligi yassitogʻlarda kserofil butalar va siyrak oʻrmonlar, pasttekislik qismida qimmatbaho daraxt turlariga boy sernam ekvatorial oʻrmonlardan iborat. M. xoʻjaligining asosini yirik dehqonchilikka asoslangan qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Dehqonchilik, asosan, shim., sohilboʻyi hududlar va daryo vodiylarida rivojlangan. Asosiy ekinlari — paxta, shakarqamish, tamaki, sholi. Shuningdek, makkajoʻxori, maniok, dukkaklilar ekiladi. Qoramol, choʻchqa, echki va qoʻy boqiladi. Baliq ovlanadi. Oʻrmonlarda palma yongʻogʻi, kokos yongʻogʻi va boshqa yigiladi. Yirik shakar zavodlari va toʻqimachilik korxonalari mavjud. Yirik daryolarida kema qatnaydi. Alkantara shahri yaqinida dengiz suvidan tuz olinadi. Yirik porti — San-Luis.[3]