Pernambuku
| |||
Braziliya shtati | |||
---|---|---|---|
Maʼmuriy markazi | Resifi | ||
Aholi (2010) | 8 796 448 kishi | ||
Zichligi | 89,63 kishi./km² | ||
Maydoni | 98 146,3 km² (19-oʻrin) | ||
Vaqt mintaqasi | UTC-3 | ||
Kod ISO 3166-2 | BR-PE | ||
Rasmiy sayti | http://www.pe.gov.br | ||
Xaritada | |||
8°04′14″S 37°15′57″W / 8.07056°S 37.26583°W |
Pernambuku — Braziliyaning shim,-sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 98,9 ming km². Axrlisi 7,9 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Resifi shahri Yirik sha-harlari: Orlinda, Jabuatan, Kabu, Karuaru. Shtatning katta qismini oʻr-qirli plato (eng baland joyi 1100 m) egallagan boʻlib, u sharqqa tomon zina-poyasimon pasayib boradi. Iqlimi subekvatorial, sohil qismida issiq. va sernam, platoda qurgʻoqchil. Oʻrtacha oylikt-ra24—26°. Yillikyogʻin 1700–2000 mm, plato qismida 500 mm. Asosiy da-ryosi — San-Fransisku.
Iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi yetakchi tarmoq: shakarqamish yetishtirish va paxtachilikka ixtisoslashgan. Shuningdek, si-zal, tamaki, maniok, makkajoʻxori, kofe, kakao, sholi va boshqa ekinlar ekiladi. Chorvachilikda echki, qoramol, choʻchqa, qoʻy, ot boqiladi. Yovvoyi kokos palmasi yongʻogʻi yigʻiladi. Sanoati kam rivojlangan. Asosan, oziq-ovqat va ip-gazlama korxonalari mavjud. Uncha katta boʻlmagan sement, mashinasozlik, koʻn-poyabzal, farmatsevtika korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Gips, fosforit, oltin, asbest, tuz konlari topilgan. Yirik dengiz porti — Resifi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |