Matu-Grosu
| |||
Shtat | |||
---|---|---|---|
Tegishli | Markaziy-gʻarbiy hudud | ||
Tarkibida |
- 5 mezoregion; - 22 mikroregion; - 141 munitsipalitet | ||
Maʼmuriy markazi | Kuyaba | ||
Gubernator | portugalcha: Silval Barbosa (BDXP) | ||
Vitse-Gubernator | portugalcha: Francisco Tarquinio Daltro (BDXP) | ||
Senatorlar |
portugalcha: Blairo Maggi (BRP) portugalcha: Jayme Campos (DEM) portugalcha: Pedro Taques (DIP) | ||
YAIM (2009) | R$57 294 000 (14-oʻrin) | ||
Rasmiy tillar | Portugal | ||
Aholi (2010-yil) | 3 035 122[1] (19-oʻrin) | ||
Zichligi | 3,36[1] kishi./km² | ||
Dinlar tarkibi | katoliklar | ||
Maydoni | 903 329,7 [2] km² (3-oʻrin) | ||
Kengligi | -15.566667 | ||
Uzunligi | -56.066667 | ||
Vaqt mintaqasi | GMT-4 | ||
Kod ISO 3166-2 | BR-MT | ||
Pochta indeksi | 78000-000 по 78890-000 | ||
Rasmiy sayti | mt.gov.br | ||
Xaritada | |||
|
Matu-Grosu - Braziliyaning jan.gʻarbiy qismidagi shtat. Maydoni 906,8 ming km². Aholisi 2,49 mln. kishi (2000). Shingu daryosi havzasidagi oʻrmonlarda indeys qabilalari saqlangan. Maʼmuriy markazi — Kuyaba shahri
Matu-Grosu Serra-dus-Paresis va MatuGrosu qumli platolari bilan Braziliya yassitogʻligining gʻarbiy yotiq yon bagʻri hamda Pantanal tekisliklarida joylashgan. Iqlimi yozi sernam, subekvatorial iqlim. Kuyaba shahrida oʻrtacha oylik temperaturalar 22—28°. Yillik yogʻin 2000 mm va undan ortiq. Daryolari serostona. Oʻsimlik dunyosi past boʻyli daraxt va butali savannalar, dare vodiylarida oʻrmonlar hamda tropik botqoqliklardan iborat.
Matu-Grosu — Braziliyaning iqtisodi qoloq shtatlaridan. Iqtisodining asosini ekstensiv chorvachilik tashkil etadi. Oʻrmon xoʻjaligi (kauchuk, palma yongʻogʻi yigʻish) rivojlangan. Dehqonchilikda sholi, soya, makkajoʻxori, maniok, shakarqamish, kakao, kofe ekiladi. Foydali qazilmalardan kassiterit, oltin, olmos olinadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |