Kontent qismiga oʻtish

Nurxon Qurbonova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nurxon Qurbonova
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Tavallud paytidagi ismi Nurxon Gʻulomjon qizi Qurbonova
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 12-avgust 1994-yil (1994-08-12) (30 yosh)
Mingbuloq tumani Namangan viloyati, Oʻzbekiston
Mukofotlar Oʻzbekiston iftixori
Sport
Qaysi sport Paralimpiya yengil atletika

Nurxon Gʻulomjon qizi Qurbonova (tugʻ. 1994-yil 12-avgust, Mingbuloq tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik para yengil atletikachi, nayza uloqtirish, disk va yadro uloqtirish boʻyicha ixtisoslashgan, Oʻzbekiston Paralimpia terma jamoasi aʼzosi. 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarining kumush va bronza medali sohibi.Parij-2023 Jahon chempionati oltin va bronza medali sohibi. Hangzhou-2022 Asia para games oyinlari nayza hamda yadro uloqtirishdan oltin va kumush medal sohibi. Kobe-2023. Jahon chempionati nayza hamda yadro uloqtirushdan oltin va bronza sohibi. 2024-yil Yozgi Paralimpiya oyinlari yadro uloqtirishdan 7.75 sm bilan bronza medalini, nayza uloqtirishdan 21.12 natija bilan jahon va paralimpiya oyinlari rekordini yangilab oltin medalini qolga kiritgan. “Uzbekiston Iftixori” davlat unvoni sohibasi.[1]

Nurxon Namangan shahrida tugʻilgan. Tugʻilgandanoq u umurtqalararo churra tashxisi qoʻyilgan va 9 oyligida operatsiya qilingan. Boshida hammasi yaxshi edi, lekin yoshi ulgʻayganimiz sari umurtqa pogʻonasida oʻzgarishlar roʻy berdi, bu esa nervlarning shikastlanishiga va oyoqlarning falajiga olib keldi[2].

2017-yilda u professional sport bilan shugʻullana boshladi. 2019-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi safida xalqaro musobaqalarda qatnasha boshladi. 2019-yilda Dubayda (BAA) boʻlib oʻtgan Yengil atletika boʻyicha Jahon chempionatida (HPK) yadro uloqtirishda 6,88 metr natija bilan beshinchi, nayza uloqtirishda 15,03 natija bilan oltinchi oʻrinni egalladi[3].

2021-yilda Dubayda (BAA) Paralimpiya atletika boʻyicha Gran-pri bosqichida nayza uloqtirish boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritdi[4]. Yozgi Paralimpiya oʻyinlarining ochilishida u milliy terma jamoaning bayroqdori etib saylandi. Biroq, Tokioga etib kelganida, terma jamoa aʼzolarida COVID-19 borligi aniqlandi. Nurxon samolyotda ularning yonida oʻtirgani uchun u ham karantinga olingan va oʻyinlarning ochilishida ishtirok eta olmadi[5]. Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida F54 toifasidagi yadro uloqtirish bahslarida u snaryadni 7,77 metrga itarib yubordi va bronza medalini qoʻlga kiritdi[6]. Keyin F54 toifasidagi nayza uloqtirishda u nayzani 18,38 metrga uloqtirib, kumush medalni qoʻlga kiritdi[7][8]. Ammo disk uloqtirishda 20,40 metr natija bilan u saralashda sakkizinchi oʻrinni egalladi va musobaqaning final qismiga chiqa olmadi[9].

Parij-2023 Jahon chempionati oltin va bronza medali sohibiga aylanib Paris-2024 Paralimpiya oyinlariga yo’llanmani qo’lga kiritgan. Hangzhou-2022 Asia para games oyinlari nayza hamda yadro uloqtirishdan oltin va kumush medal sohibi. Kobe-2023. Jahon chempionati nayza hamda yadro uloqtirushdan oltin va bronza sohibi. 2024-yil Yozgi Paralimpiya oyinlari yadro uloqtirishdan 7.75 sm bilan bronza medalini, nayza uloqtirishdan 21.12 natija bilan Jahon va Paralimpiya oyinlari rekordini yangilab oltin medalini qolga kiritgan. “Uzbekiston Iftixori” davlat mukofoti sohibasi.[10]

2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan unga Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi[11] hamda 2024-yilda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan mukofotlangan[12].

  1. Kurbanova M. M., Kurbanova M. M. (2005-04-25). „A Novel Synthesis of Acetylurea“. ChemInform. 36-jild, № 21. doi:10.1002/chin.200521077. ISSN 0931-7597.
  2. „http://triathlon.org.uz/en/articles/view/izdanie-anatomica-zapustilo-proekt-posvasennoe-nasim-para-sportsmenam“ (inglizcha). Федерация Триатлона Республики Узбекистан. 2021-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  3. „Athletics KURBANOVA Nurkhon - Tokyo 2020 Paralympics“ (en-us). ... Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.[sayt ishlamaydi]
  4. „Гран-при в Дубае: паралимпийцы Узбекистана завоевали 24 медали“ (ru-RU). https://yuz.uz. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  5. „В Паралимпийской сборной всего за несколько часов до церемонии открытия игр сменился знаменосец. В этот раз виноват коронавирус“ (ruscha). Podrobno.uz. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  6. „Athletics - Final Results“ (en-us). ... Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.[sayt ishlamaydi]
  7. „Athletics - Final Results“ (en-us). ... Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.[sayt ishlamaydi]
  8. „В последний день Паралимпиады спортсмены завоевали «серебро» и «золото»“ (ru-RU). Новости Узбекистана сегодня: nuz.uz (4-sentyabr 2021-yil). 2021-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  9. „Athletics - Final Results“ (en-us). ... Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.[sayt ishlamaydi]
  10. Sultanova, Nurkhon; Mukhammadzhonova, Khadichakhon (2021-09-22). „EASTERN RENAISSANCE: UPBRINGING AND EDUCATION“. UZBEKISTAN ON THE WAY TO THIRD RENAISSANCE: HARMONY OF THNOCULTURAL, HISTORICAL AND ECONOMIC ASPECTS. doi:10.54613/001099.
  11. uza.uz. „О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на ХVI летних Паралимпийских играх в городе Токио“ (oʻzbekcha). Uza.uz (10-sentyabr 2021-yil). Qaraldi: 10-sentyabr 2021-yil.
  12. „Париж шаҳрида бўлиб ўтган ХVII ёзги Паралимпия ўйинларида юксак натижаларга эришган спортчи ва мураббийлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони“. president.uz. Qaraldi: 12-sentabr 2024-yil.