Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti
Institut logotipi | |
Xalqaro nomi |
Institute of agriculture and agrotechnologies of Karakalpakstan |
---|---|
Turi | Institut |
Rektori | Jollibekov Berdiyar Baxtiyarovich |
Bakalavriat | 23 ta yoʻnalish |
Magistratura | 20 ta mutaxassislik |
Manzili | |
Veb-sayti | www.tdaunukus.uz |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992–yil 28–fevraldagi „Respublikada yangi taʼlim oʻrinlarini tashkillashtirish haqida“ gi Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 11-martdagi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining kollegiyasining 1992-yil 26-apreldagi № 4/5 qaroriga asoslanib, Qoraqalpoq davlat universiteti qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti fakulteti bazasida, Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali tashkillashtirildi. Koordinatalari Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti – Quyi Amudaryo mintaqasidagi qishloq xoʻjaligi uchun mutaxassislar tayyorlaydigan yirik oliy taʻlim muassasasi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim oʻrinlarini sistemasini etishtirish haqida“ gi 1995-yili 3-iyundagi 211-sonli qaror 1-punktining Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali Qoraqalpoq davlat universitetining agrar fakulteti boʻlib qayta tashkillantirilib, 1995–2003–yillari shu universitetning agrar fakulteti hisobida, kadrlarga boʻlgan talabi, moddiy-texnikaviy tamonlama yaxshilandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „2003-2004 – oʻquv yillari Oʻzbekiston Respublikasining Oliy oʻquv oʻrinlariga qabul haqida“ gi 2003-yil 14-iyun 269-sonli qarori bilan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining agrar fakulteti bazasida Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali boʻlib, qaytatdan faoliyat boshlangan birdan-bir taʼlim oʻrni, yillar davomida moddiy tamonlama boyittirildi, ilmiy kadrlar tayyorlanib professor-oʻqituvchilar bilan toʻliqtirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.09.2004-yil 415-sonli „Respublika qishloq va suv xoʻjaligi uchun oliy mamanli kadrlar sistemasini etishtirish haqida“gi qaroriga muvofiq, filialning yangi strukturasi tasdiqlanib, songi yillarda paydo boʻlgan talablarni hisobga olgan holda yangilanishlar yuz berayotgan rivojlanish tarixiga ega.
Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi „Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida“ gi 275-sonli qarori bilan Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida tashkil etilgan (Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-iyundagi 269-son qarori bilan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining agrar fakulteti negizida tashkil etilgan).
1992-1995-yillarda institut (filial) qoʻshni Turkmaniston va Qozogʻistonning qishloq xoʻjaligi uchun 100 lab oliy maʻlumotli mutaxassislarni tayyorladi.
Institut (filial) bitiruvchilari orasida ishlab chiqarish sohasida, xususan qishloq xoʻjaligi va hukumat tuzilmalarida Qoraqalpogʻiston Respublikasining tuman hokimlari, qishloq va suv xoʻjaliklari vaziri va vazir oʻrinbosari, chorva, paxta, sholi, gʻalla mahsulotlarini qayta ishlash majmualarini boshqargan 50 dan ortiq fidoyilar hosildorlikni oshirish, chorvachilik mahsuldorligini oshirish, ishlab chiqarish va dehqonchilikning rentabelligini oshirishda katta yutuqlarga erishgan.
Institut (filial)ning bir qator bitiruvchilari respublika vazirlik va idoralari hamda davlat tuzilmalarida yuqori lavozimlarida faoliyat yuritmoqda:
- S. Xojametov – Amudaryo tumani hokimi;
- D.Kaypov – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi oʻrinbosari;
- A. Kuziev – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari;
Institut (filial) bitiruvchilaridan S. Seytnazarov Oʻzbekiston Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan.
Institut (filial) faoliyati S.Shamshetov, U.Ismailov, U.Aytjanov, O.Auezov, E.Toreniyazov kabi olimlar nomlari bilan bog‘liq.
Institut (filial) tashkil topganidan beri qishloq xoʻjaligi fani va ishlab chiqarishning turli tarmoqdari uchun 15 mingdan ortiq mutaxassis kadrlar tayyorladi. Institut xorij mamlakatlarining 28 ta Oliy taʼlim muassasasi va 3 ta ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlik qiladi.
Institutda (2024): agronomiya, agrokimyo va tuproqshunoslik; oʻsimliklar himoyasi; mevasabzavotchilik va oʻrmon xoʻjaligi; zoomuhandislik va ipakchilik; iqtisodiyot; buxgalteriya hisobi va audit; kasbiy taʼlim; sirtqi taʻlim; magistratura mutaxassisliklari, 16 kafedra, 4 ta fakultet va kutubxona faoliyat koʻrsatadi. Nukus tumanida 30 ga haydaladigan yer maydoni boʻlgan oʻquv-tajriba xoʻjaligi, yogʻli ekinlar ilmiy markazi faoliyat koʻrsatadi.
2023/2024 oʻquv yilida 3544 talaba, shu jumladan, kunduzgi boʻlimda 2489, sirtqi boʻlimda 2456 bakalavr, 33 magistr talabalar oʻqidi, 243 professor-oʻqituvchi, shu jumladan, 9 fan doktori va 104 fan nomzodi faoliyat yuritmoqda.
Oʻquv faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Institut tuzilmasida 4 ta fakultet, 16 ta kafedra, magistratura va maxsus-sirtqi boʻlimlari, axborot-resurs markazi hamda akademik litsey mavjud.
Rahbariyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Institut rektori: Jollibekov Berdiyar Baxtiyarovich
- Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor: Ibragimova Raʼno Isakovna
- Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor: Absattarov Nietbay Allambergenovich
- Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor: Alimov Atabek Kerimbergenovich
Fakultetlar:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Agrobiologiya va oʻsimliklarni himoya qilish
- Meva-sabzavotchiliq, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi fakulteti
- Qishloq xoʻjaligini mexanizaciyalashtirish va suv xoʻjaligi fakulteti
- Zooinjeneriya fakulteti
- Sirtqi boʻlim
- Magistratura boʻlim
Oʻqish muddati:
Bakalavriatura: Kunduzgi – 4 yil, Sirtqi – 5 yil,
Magistratura – 2 yil;
Kafedralar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi
- Oʻsimliklar himoyasi va karantini kafedrasi
- Dehqonchilik, qishloq xoʻjaligi ekinlari selektsiyasi va urugʻchiligi kafedrasi
- Axborot texnologiyalari, matematika, fizika va kimyo kafedrasi
- Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish kafedrasi
- Yer kadastri va yerdan foydalanish kafedrasi
- Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi
- Tillar kafedrasi
- Baliqchilik kafedrasi
- Zooinjeneriya va veterinariya kafedrasi
- Agrobiznes va buxgalteriya hisobi kafedrasi
- Ipakchilik kafedrasi
- Oʻsimlikshunoslik, oʻrmonchilik va landshaft dizayn kafedrasi
- Meva-sabzavotchilik va polizchilik kafedrasi
- Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash, dorivor oʻsimliklar etishtirish va qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi
- Gumanitar fanlar kafedrasi
Bakalavr yoʻnalishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kundizgi
№ | Shifri | Taʼlim yoʻnalishi |
---|---|---|
1 | 60310100 | Iqtisodiyot (tarmoklar va sohalar boʻyicha) |
2 | 60411300 | Biznesni boshqarish (qishloq xoʻjaligida) |
3 | 60411700 | Logistika (agrologistika) |
4 | 60412500 | Marketing (qishloq xoʻjaligida) |
5 | 60420100 | Yurisprudensiya (qishloq xoʻjaligi huquqi) |
6 | 60610200 | Axborot tizimlari va texnologiyalari (qishloq xoʻjaligida raqamli texnologiyalar) |
7 | 60710400 | Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
8 | 60711400 | Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (qishloq xoʻjaligida) |
9 | 60810100 | Qishloq xoʻjaligini mexanizasiyalashtirish |
10 | 60810600 | Er kadastri va erdan foydalanish |
11 | 60810700 | Agrokimyo va agrotuproqshunoslik |
12 | 60810900 | Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari boʻyicha) |
13 | 60811000 | Oʻsimliklar karantini va himoyasi |
14 | 60811200 | Qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi (ekin turlari boʻyicha) |
15 | 60811300 | Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari boʻyicha) |
16 | 60811700 | Ipakchilik va tutchilik |
17 | 60811800 | Meva-sabzavotchilik va uzumchilik |
18 | 60812000 | Issiqxona xoʻjaligini tashkil etish va yuritish |
19 | 60812100 | Dorivor oʻsimliklarni etishtirish va qayta ishlash texnologiyasi |
20 | 60812300 | Suv xoʻjaligi va meliorasiya |
21 | 60812500 | Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish |
22 | 60820100 | Oʻrmonchilik va aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish shu jumladan, oʻrmonchilar farzandlari uchun |
23 | 60840100 | Veterinariya medisinasi (yirik shoxli mollar kasalliklari) |
Sirtqi
№ | Shifri | Taʼlim yoʻnalishi |
---|---|---|
1 | 60810900 | Agronomiya (dehqonchilik maxsulotlari turlari boʻyicha) |
2 | 60820100 | Oʻrmonchilik va aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish |
3 | 60812100 | Dorivor oʻsimliklarni etishtirish va qayta ishlash texnologiyasi |
4 | 60810100 | Qishloq xoʻjaligini mexanizasiyalashtirish |
5 | 60812300 | Suv xoʻjaligi va meliorasiya |
Magistratura yoʻnalishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]№ | Shifri | Taʼlim yoʻnalishi |
---|---|---|
1 | 70411201 | Menejment (klasterlarni boshqarish) |
2 | 70411302 | Biznesni boshqarish (Master of Business Administration – MBA) |
3 | 70710402 | Ekologiya (qishloq xoʻjaligida) |
4 | 70810101 | Qishloq xoʻjaligini mexanizasiyalashtirish (tarmoqlar boʻyicha) |
5 | 70810601 | Er resurslaridan foydalanish va boshqarish |
6 | 70810702 | Agrokimyo |
7 | 70810901 | Agronomiya |
8 | 70810902 | Oʻsimlikshunoslik (ekinlar guruhlari boʻyicha) |
9 | 70810903 | Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi |
10 | 70811001 | Oʻsimliklar karantini va himoyasi (usullari boʻyicha) |
11 | 70811201 | Seleksiya va urugʻchilik (ekinlar guruhlari boʻyicha) |
12 | 70811301 | Qishloq xoʻjaligi maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi |
13 | 70811501 | Parrandachilik |
14 | 70811505 | Naslchilik |
15 | 70811701 | Ipakchilik va tutchilik |
16 | 70811805 | Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik |
17 | 70812306 | Suvtejamkor sugʻorish texnologiyalari |
18 | 70820101 | Oʻrmonchilik |
19 | 70820102 | Manzarali bogʻdorchilik va landshaft |
20 | 70830101 | Baliqchilik |
Ijtimoiy va xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Talabalar hayoti va yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Faxrli ustozlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |