Qoʻstanay (viloyat)
| ||
viloyat | ||
---|---|---|
Tegishli | Shimoliy Qozogʻiston | |
Maʼmuriy markazi | Qoʻstanay | |
Yirik shahari | Rudniy | |
Asos solingan sanasi | 1936-yil | |
Akim | Saduaqasov Nurali Mustafinovich | |
Aholi (2013) |
880,109[1] (5,7 % , (8-oʻrin) | |
Zichligi | 4,5 kishi./km² | |
Millatlar tarkibi |
ruslar 42,98 % qozoqlar 31,14 % ukrainlar 9,58 % olmonlar 3,16 % tatarlar 1,92 % beloruslar 1,71 % [2] | |
Dinlar tarkibi | Xristianlar, Musulmonlar | |
Maydoni | 196 001 km² (7,2 %, 6-oʻrin) | |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
Telefon kodi | +7 7142 | |
Pochta indeksi | 11 xxxx | |
Avtomobil raqami kodi | W,P,10 | |
Rasmiy sayti | http://www.kostanay.gov.kz/rus/ | |
Xaritada | ||
53°12′0″N 63°38′0″E / 53.20000°N 63.63333°E |
Qoʻstanay viloyati — Qozogʻiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1936-yil 29-iyulda tashkil etilgan. Respublikaning shimoliy qismida, Tobol daryosi havzasida. Maydoni 196 ming km2. Aholisi 880,326 kishi (2012) shahar aholisi 52 %. Tarkibida 4 shahar va 12 shaharcha bor, 13 tumanga boʻlingan. Markazi — Qoʻstanoy shahri. Viloyat respublikaning 4 ta boshqa viloyatlari bilan chegaradosh. (Aqtoʻbe, Qaragʻandi, Akmola va ShQV) va Rossiyaning 3-ta viloyati bilan (Orenburg, Chelyabinsk, Qoʻrgʻan).
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Viloyatda 2010-yil 10-oktyabrdagi maʼlumoti boʻyicha 882,018 kishi istiqomat qiladilar. Viloyat koʻp millatli hisoblanadi, viloyatda 100 dan ziyod millat vakillari istiqomat qilishadi. Aholining milliy tarkibini esa quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:
Aholi soni 1989-yilgi[3] |
%[3] | Aholi soni 1999-yilgi |
% | Aholi soni 2010-yilgi |
% | |
---|---|---|---|---|---|---|
jami | 1223844 | 100,00 % | 1017729 | 100,00 % | 886284 | 100,00 % |
Ruslar | 535100 | 43,72 % | 430242 | 42,27 % | 360976 | 40,73 % |
Qozoqlar | 279787 | 22,86 % | 314801 | 30,93 % | 317762 | 35,85 % |
Ukrainlar | 178140 | 14,56 % | 130449 | 12,82 % | 102070 | 11,52 % |
Olmonlar | 110440 | 9,02 % | 57410 | 5,64 % | 33421 | 3,77 % |
Beloruslar | 35404 | 2,89 % | 25018 | 2,46 % | 19367 | 2,19 % |
Tatarlar | 27812 | 2,27 % | 20070 | 1,97 % | 16706 | 1,88 % |
Boshqurtlar | 10178 | 0,83 % | 5435 | 0,53 % | 4602 | 0,52 % |
Koreyslar | 4085 | 0,33 % | 4160 | 0,41 % | 3998 | 0,45 % |
Ozarbayjonlar | 4570 | 0,37 % | 3619 | 0,36 % | 3718 | 0,42 % |
Moldavanlar | 4807 | 0,39 % | 3302 | 0,32 % | 2928 | 0,33 % |
Chechenlar | 2955 | 0,24 % | 2167 | 0,21 % | 2405 | 0,27 % |
Mordvalar | 4433 | 0,36 % | 2852 | 0,28 % | 1962 | 0,22 % |
Udmurtlar | 3336 | 0,27 % | 2309 | 0,23 % | 1875 | 0,21 % |
Armanlar | 1765 | 0,14 % | 1938 | 0,19 % | 1907 | 0,22 % |
Polyaklar | 2853 | 0,23 % | 2357 | 0,23 % | 1845 | 0,21 % |
Chuvashlar | 3132 | 0,26 % | 1949 | 0,19 % | 1437 | 0,16 % |
Ingushlar | 1325 | 0,11 % | 1114 | 0,11 % | 1065 | 0,12 % |
boshqalar | 13722 | 1,12 % | 8537 | 0,84 % | 8240 | 0,93 % |
Kommunikatsiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Viloyatdan xalqaro „Yekaterinburg-Almati“ avtomabil yoʻli oʻtadi. Temir yoʻlning uzunligi — 1452,3 km.ni tashkil qiladi, avtomabil yoʻllarining uzunligi — 9514,3 km, gaz quvurlar — 2491,4 km, issiqlik quvurlari — 778,8 km, suv quvurlari — 5937,1 km. 2004-yili „Altinsari-Xromtau“ temir yoʻli barpo etilgan. Asosiy transport tugunlari: Qoʻstanay va Tobol. Qoʻstanay shahri Moskva, Ostona, Olmaota kabi yirik shaharlar bilan havo yoʻllari orqali bogʻlangan.
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Viloyat Ural togʻlarining sharqidagi dasht zonasida, katta qismi Toʻrgʻay va Ural sharqi platolarida joylashgan. Qoʻstanoy viloyatining shimoli-gʻarbiy qismini Uralning togʻ oldi tekisliklari va tarmoqlari egallagan. Foydali qazilmalardan temir rudasi, boksit, nikel, titanga boy. Asbest, qoʻngʻir koʻmir va qurilish materiallari zaxirasi ham katta. Iqlimi keskin kontinental, yozi issiq, quruq, qishi sovuq, qor kam yogʻadi. Iyulning oʻrtacha harorati shimolda 18—19 °C va janubda 21 — 22 °C, yanvarniki shimolda —19 °C va janubda —17 °C. Yillik yogʻin shimolda 300 – 350 mm, janubda 240 –280 mm. Vegetatsiya davri shimolda 150 —175 kun, janubda 180 kun. Eng yirik daryosi — Tobol (Ob havzasi); chap irmoqlari — Sintasti, Ayat, Uy, oʻng irmogʻi — Ubagan. Mayda koʻl koʻp. Qoʻstanoy viloyatining shimoliy qismida qora tuproq (hududining 40 % dan ortiqrogʻi), janubida esa kashtan tuproqlari tarqalgan. 143 ming ga yer oʻrmon. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, yelik, boʻrsiq, oq tovushqon, malla tovushqon: qushlardan toʻrgʻay, turna, qur, qizilishton, kakliklar uchraydi.
Hududiy boʻlinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Viloayt tarkibida: 16-ta tuman va viloyat ahamiyatiga ega 4-ta shahar mavjud[6]:
- Altinsarin tumani — Oʻbagʻan qishlogʻi
- Amangeldi tumani — Amangeldi qishlogʻi
- Avliyokoʻl tumani — Avliyokoʻl qishlogʻi
- Denisov tumani — Denisovka qishlogʻi
- Jangeldi tumani —Toʻrgʻay qishlogʻi
- Jitiqara tumani — Jitiqara shahri
- Qamishli tumani — Qamishli qishlogʻi
- Qorabaliq tumani — Qorabaliq qishlogʻi
- Qorasuv tumani — Qorasuv
- Qoʻstanoy tumani — Zatobolsk qishlogʻi
- Mendiqara tumani — Borovskoy qishlogʻi
- Navruzim tumani — Qaramendi qishlogʻi (Dokuchaevka)
- Sarikoʻl tumani — Sarikoʻl qishlogʻi (Uritskiy)
- Taran tumani — Taran qishlogʻi
- Uzunkoʻl tumani — Uzunkoʻl qishlogʻi
- Fedorov tumani — Fedorovka
- Orqaliq shahri
- Qoʻstanoy shahri
- Lisakovsk shahri
- Rudniy shahri
Sanoati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Energetikasi tashqaridan keltiriladigan koʻmir, mazut va gaz bilan ishlaydi. Qoʻstanoy viloyati gʻalla, goʻsht, temir rudasi, asbest va boksit yetkazib beradigan yirik viloyatdir. Sanoatining asosiy tarmogʻi — kon-ruda sanoati. Metallsozlik (avtomobil, motor taʼmirlash, mexanika zavodlari), kimyo sanoatlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish va ayniqsa, yengil (toʻqimachilik, poyabzal ishlab chiqarish, tikuvchilik) va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari (un, pivo, goʻsht, moy) rivojlangan.
Qishloq xoʻjaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xoʻjaligida lalmikor dehqonchilik bilan birga (asosan, bugʻdoy), sut-goʻsht chorvachiligi va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash yetakchi oʻrinda. Qishloq xoʻjaligi gʻallachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Ekin maydonlariga gʻalla, sabzavot, poliz, texnika va ozuqa ekinlari, kartoshka ekiladi. Sut-goʻsht yetishtiriladigan qoramolchilik, shuningdek, choʻchqachilik, parrandachilik, qoʻy va echkichilik rivojlangan. Qoʻychilik goʻsht va jun yetishtirishga ixtisoslashgan.
Ijtimoiy soha
[tahrir | manbasini tahrirlash]1-yanvar 2008-yilgi maʼlumot boʻyicha viloyatda 644 maktab, 91 bolalar bogʻchasi, 28 oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, 9 oliy oʻquv yurtlari, 48 shifoxona, 8 kasalxona, 3 teatr, 10 muzey, 393 kutubxona, 278 madaniyat uyi, 2 sport saroyi, 39 sport joylari va 29 stadionlar faoliyat yuritmoqda.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Численность населения Республики Казахстан по областям с началa 2013 года до 1 марта
- ↑ Агентство Республики Казахстан по статистике. Перепись населения Республики Казахстан 2009 Года. Краткие итоги.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 V sovremennix granitsax Kostanayskoy oblasti, vklyuchaya bivshuyu Turgayskuyu oblast
- ↑ Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Arxiv (Wayback Machine saytida 2013-11-13 sanasida arxivlangan): Natsionalniy sostav naseleniya Respubliki Kazaxstan i ego oblastey (tom 1) (Wayback Machine saytida 2011-08-16 sanasida arxivlangan)
- ↑ Chislennost naseleniya po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam na 1 yanvarya 2010 goda[sayt ishlamaydi]
- ↑ Kostanayskaya oblast. Istoriya ATD[sayt ishlamaydi]
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Qoʻstanay (viloyat) haqida turkum mavjud |
- Историко-краеведческий сайт о Костанае и Костанайской области
- Информационный портал акима Костанайской области
- Информационный портал Костанайской области (Wayback Machine saytida 2012-05-30 sanasida arxivlangan)
- Информационный сайт Костанайской области (Wayback Machine saytida 2013-07-13 sanasida arxivlangan)
- Онлайн карта Костанайской области (Wayback Machine saytida 2012-06-03 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |