Uzunkoʻl (tuman)
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Qoʻstanay viloyati |
Maʼmuriy markazi | Uzunkoʻl |
Asos solingan sanasi | 1939-yil |
Rasmiy tillar | qozoq, rus |
Aholi (2010) | 25,264 |
Millatlar tarkibi |
ruslar — 42,07% qozoqlar — 41,02% ukrainlar — 9,66% olmonlar — 1,77% beloruslar — 1,72% tatarlar — 0,95 [1][2] |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, xristianlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 71444[3] |
Avtomobil raqami kodi | P, 10 |
Xaritada | |
53°49′0″N 65°20′0″E / 53.81667°N 65.33333°E |
Uzunkoʻl tumani' — Qoʻstanay viloyatining shimoliy qismida joylashgan. 1939-yili tashkil topdi. 1966-yilgacha Uzunkoʻl, 1966 — 96-yillarda Lenin tumani deb nomlanib keldi. Maydoni 7,2 ming km2. Aholisi 25 264 kishi (2010). Tumanning maʼmuriy markazi — Uzunkoʻl qishlogʻi.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman Gʻarbiy Sibir tekisligining janubi-gʻarbiy hududida joylashgan. Tuman yeri asosan tekislik, faqat markaziy va gʻarbiy qismi anchagina qir-adirliklardan tashkil topgan. Mutlaq balandligi 185 m. Obagʻan dar. vodiysining mutlaq balandligi 89 m. Hududining asosiy qismini koʻlli, soygʻoq landshaft tashkil qiladi.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi. Aholisining zichligi 1 km2-ga 3,8 kishidan toʻgʻri keladi Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil)[1][2]:
- ruslar — 10 628 kishi (42,07 %)
- qozoqlar — 10 364 kishi (41,02 %)
- ukrainlar — 2 441 kishi (9,66 %)
- olmonlar — 448 kishi (1,77 %)
- beloruslar — 434 kishi (1,72 %)
- tatarlar — 241 kishi (0,95 %)
- moldavanlar — 106 kishi (0,42 %)
- ozarbayjonlar — 99 kishi (0,39 %)
- boshqalari — 503 kishi (1,99 %)
- Umumiy — 25 264 kishi (100,00 %)
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq, qahraton, boʻronli, yozi iliq, qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 — 19 °C, iyulniki 19 — 21 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 300 – 350 mm. Tumanning gʻarbiy tarafidan Obagʻan daryosi oqib oʻtadi. Tumanda koʻllar koʻp, asosan koʻpchiligi chuchik suvli. Ularning umumiy hududi 33,8 ming ga. Katta koʻllari: Sarioba, Rechnoy, Saribaliq, Jarqayin, Jasilbagʻar, Ayjan, v.h.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года
- ↑ 2,0 2,1 Национальный состав населения Казахстана по переписи 2009
- ↑ Qoʻstanay viloyatining telefon kodlari