Kontent qismiga oʻtish

Un

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Unturli ekinlar donini tegirmonda tortib hosil qilinadigan oziq-ovqat mahsuloti. Un koʻproq bugʻdoydan tayyorlanadi. Shuningdek, javdar, arpa, makkajoʻxori, suli, sorgo, marjumak (grechixa), soya, noʻxat va boshqa ekinlar donidan ham un ishlab chiqariladi. Undan non, nonbulka, konditer va makaron mahsulotlari, turli taomlar tayyorlanadi, kepagi mollarga beriladi.

Unning kimyoviy tarkibi, oziqlik qimmati va texnologik sifati don turi, navi, tortish usuliga, Un chiqishi (don massasidan % hisobida)ga bogʻliq. Hozirgi davrda un sanoatida bugʻdoydan kimyoviy tarkibiga koʻra farq qiladigan kepakli, oliy, 1, 2nav Un ishlab chikariladi. Oliy nav bugʻdoy unining kimyoviy tarkibi (%): suv — 14; uglevodlar — 73,6, oqsillar — 10,8, kletchatka — 0,2, yogʻlar — 0,9, kuldorligi — 0,5 (1navda tegishlicha 14, 72,9; 11,0; 0,3; 1,1, 0,7; kepakli Unda 14; 69,6; 11,8; 1,6; 1,5; 1,5). Kepakli va 2navli un tarkibida V,, V,, RR va Ye vitaminlari bor, oliy va 1navli unlarda ular deyarli yoʻq. Un tarkibida non tayyorlash jarayoniga va sifatiga sezilarli taʼsir koʻrsatadigan yana har xil fermentlar (proteinazalar, genamilazalar, katalaza, lipaza va boshqalar) bor. Javdar Uni, koʻpincha, bir navli qilib chikariladi. Shuningdek, 96% li bir navli bugʻdoyjavdar Uni (70% bugʻdoy va 30% javdar) hamda 95% li bir navli javdarbugʻdoy uni(60% javdar, 40% bugʻdoy) ishlab chiqariladi. Chiqishi va naviga qarab Unning rangi, kukunlanishi va kuldorligi, bugʻdoy uni uchun esa, shuningdek, kleykovina miqdori va sifati meʼyorlashtiriladi. Yuqori sifatli Un oʻziga xos hidga va chuchuk taʼmga ega boʻladi. Un saqlanganda sifati oʻzgarishi mumkin. Dastlabki davrda (bir oygacha) yuqori harorat (2030°)da saqlanganda tarkibidagi yogʻning gidrolizlanishi va oksidlanish jarayonlari natijasida Unning "etilishi" davom etadi (non pishirish xususiyatlari yaxshilanadi). Uzoq vaqt saqlanganda sifati yomonlashadi. Unning namligi 15% dan ortiq boʻlmasligi kerak. Unning namligi koʻp boʻlsa, achiydi, mogʻorlaydi, oʻzoʻzidan qizib ketadi, namligi past (9—13%) boʻlsa, tez taxir boʻlib qoladi. Shuningdek, Un nam va hidlarni oʻziga oson singdirishi sababli quruq, salqin va hidli mahsulotlardan uzoqroq joyda saqlanishi lozim. Yuqori sifatli mahsulot tayyorlash uchun bugʻdoy uni tarkibida navi va tortilish sifatiga qarab, 1yoki 2guruhdagi kleykovina miqdori kamida 20—30% boʻlishi kerak.

Suli unidan pechenye va bolalar uchun tuyimli aralashmalar tayyorlashda foydalaniladi. Arpa unidan non yopiladi. Makkajoʻxori uni non yopishda va qandolat mahsulotlari tayyorlashda bugʻdoy va javdar Unlariga aralashtirilib ishlatiladi; tez achishi sababli uni uzoq saqlash tavsiya etilmaydi. Toʻyimli bolalar uni maxsus retsept boʻyicha oliy nav bugʻdoy Un va shakar, tuxum kukuni, qaymogʻi olinmagan quruq sut, sariyogʻ, tuz kabilar aralashmasidan tayyorlanadi. Bu undan bolalar uchun suyuq boʻtqalar tayyorlashdan tashqari yogʻli pechenyelar pishirishda ham foydalaniladi.