Polkovniku nikto ne pishet
„Polkovniku nikto ne pishet“ | ||||
---|---|---|---|---|
„Bi-2“ qoʻshigʻi | ||||
„Bi-2“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 8-may 2000-yil | |||
Yozib olingan | 1998 | |||
Janr | alternativ rok | |||
Davomiyligi | 04:54 | |||
Leybl | Epic Records | |||
Matn muallif(lar)i | Lyova Bi-2 | |||
Bastakor(lar) | Lyova Bi-2, Shura Bi-2 | |||
„Bi-2“ xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
„Polkovniku nikto ne pishet“ YouTubeda |
„Polkovniku nikto ne pishet“ (ruscha: Полковнику никто не пишет, yaʼni „Pokovnikka hech kim yozmaydi“) — „Bi-2“ rus va belarus rok musiqiy guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning ayni nom bilan 2000-yil eʼlon qilingan ikkinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. Qoʻshiq 2000-yilda „Zolotoy grammofon“ mukofoti bilan taqdirlangan. 2001-yil „Fuzz“ jurnali tuzgan yilning eng yaxshi qoʻshiqlari orasida eng yuqori beshtalikka kirgan.
„Polkovniku nikto ne pishet“ „Brat-2“ rus filmi saundtrekiga kiritilgan. Buning ortidan guruhga keng shuhrat olib kelgan. Film saundtrekiga „Polkovniku nikto ne pishet“ qoʻshigʻidan tashqari guruhning „Varvara“ hamda „Schastye“ qoʻshiqlari ham kiritilgan. Shuningdek, qoʻshiq „Syostri“, „Bratstvo desanta“, „Den viborov“ hamda „O chyom govoryat mujchini. Prodoljenie“ kabi boshqa filmlar saundtrekigidan oʻrin olgan.
Kolumbiyalik yozuvchi Gabriel García Márquez qalamiga mansub „Yuz yil tanholikda“ hamda „Polkovnikka hech kim yozmaydi“ asarlari qoʻshiq uchun asos boʻlgan[1]. Guruh aʼzosi Yegor Bortnik (Lyova Bi-2) soʻzlariga koʻra, yoshligida u doʻsti Aleksandr Uman (Shura Bi-2) bilan Márquez asarlarini oʻqishni xush koʻrishgan. Shunday boʻlsa-da, qoʻshiq bilan roman oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa yoʻq. Bortnik ashulada shunchaki romandagi kayfiyat ifoda etilganini aytgan.
Qoʻshiqning ilk matnini Umanning amakisi Mixail Karasyov yozgan[2]. Matnni Bortnik tubdan oʻzgartirgan va faqat naqoratdagi „Polkovnikka hech kim yozmaydi, polkovnikni hech kim kutmaydi“ (ruscha: Полковнику никто не пишет, полковника никто не ждёт) misralarini saqlab qolgan. Qoʻshiq Uman va Bortnik Melburn shahrida yashayotgan paytda yozilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Саунтрек к фильму "Брат-2": неизвестные истории к двадцатилетию выхода“ (ru). Московский комсомолец (2020-yil 19-may). 2021-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-fevral.
- ↑ Николай Овчинников. „Как «Би-2» записали «Полковнику никто не пишет»“ (ru). Афиша Daily (2020-yil 14-sentyabr). 2020-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-fevral.