Plankton
Plankton (lotincha: planktos — sayr qiluvchi) — suv qatlamida yashab, suv oqimi bilan harakatlanuvchi organizmlar majmui. Plankton tarkibiga oʻsimliklar (fitoplankton), bakteriyalar (bakterioplankton), hayvonlar (zooplankton) kiradi. Koʻl planktoni limnoplankton, daryo planktoni potamoplankton deb ataladi. Fitoplankton suvning fotosintez qilish uchun zarur yuqori (50–100 m gacha) qatlamida, bakterioplankton va zooplankton suvning barcha qatlamida uchraydi. Dengiz fitoplaktoni, asosan, di-atom suvoʻtlar, peridiniyalar, kolito-forid xivchinlilardan, chuchuk suv fitoplaktoni diatom, koʻkyashil va ayrim yashil suvoʻtlardan iborat. Chuchuk suv zooplanktonida kurakoyokli va shoxdor moʻylovli qisqichbaqasimonlar, ogʻizaylangichlar, bir hujayralilar; dengiz zooplanktonida har xil qisqichbaqasimonlar, bir hujayralilar, boʻshliqichlilar, taroklilar, baliklar tuxumi va linchinkasi, umurtqasiz hayvonlar lichinkasi koʻp boʻladi. Oʻlchamiga binoan, Plankton nannoplakton (bakteriyalar, juda mayda suvoʻtlar), mikroplankton (suvoʻtlar, bir hujayrali hayvonlar, ogʻizaylangichlar, har xil lichinkalar), mezoplankton (oʻlchami 1 sm gacha boʻlgan qisqichbaqasimonlar va boshqa hayvonlar), makroplanktonlar (oʻlchami 1 sm dan bir necha sm gacha boʻlgan mizidlar, krevetkalar, meduzalar), megaplankton (yirik hayvonlar, mas, qutb meduzasi — diametri 2 m gacha; zuxro kamari uz. 1,5 m gacha) ajratiladi. Koʻpchilik plankton organizmlarda suvda qalqib yurish uchun gavda nisbiy ogʻirligini kamaytiruvchi (havo pufaklari, yogʻ kiritmalari, gʻovak va liqil-doqtana), gavda yuzasini kengaytiruvchi (gavdaning yassi boʻlishi, turli xil oʻsimtalar) moslanishlar paydo boʻlgan. Okean fitoplanktoni umumiy massasi (550 mlrd. tonna) zooplanktonga nisbatan 10-marta koʻproq. Fitoplankton zooplankton uchun oziq, suv havzalaridagi oziq zanjirining asosini tashkil etadi.[1]mnk
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |