Kontent qismiga oʻtish

Mizidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mizidlar (lotincha: Mysidacea) — oliy qisqichbaqasimonlar turkumi. Gavdasining uzunligi 0,5 sm dan 2,5 sm gacha; suvning chuqur qatlamlarida yashovchi mizidlar 37 sm gacha. Tashqi koʻrinishi krevetkalarga oʻxshaydi. Karapaksi 3 juft koʻkrak oyoqlari bilan birga qoʻshilib oʻsgan. Oyoqjagʻlari bir juft; koʻkrak oyoqlari ikki shoxli; koʻzlari yirik poyacha ustida joylashgan. Muvozanat organlari uropodlarning ichki shoxlarida oʻrnashgan. Tuxumlari koʻkrak ostidagi maxsus xaltada turadi. 500 ga yaqin turi maʼlum. Asosan, dengizlarda, qisman chuchuk suvlarda, suv yuzasida va suv ostida, ayrim turlari gʻorlarda yashaydi. Mizidlar – koʻpchilik baliqlar, jumladan, ovlanadigan va sunʼiy koʻpaytiriladigan baliqlarning asosiy ozigʻi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil