Organizm
Organizm (yun. όργανον (organon) ) individual yashayotgan tizimdir. Organizmlar oziqlanish, oʻsish, koʻpayish, tashqi taʼsirlardan reaksiyalanishga qodir. Organizm bir yoki bir nechta hujayradan iborat boʻlishi mumkin. Hujayralari tipiga qarab, organizmlar prokariot yoki eukariot guruhlarga ajratiladi. Prokariotlar shartli ravishda ikki ust olam: bakteriyalar va arxeylarga boʻlinadi. Eukariotlarga zamburugʻlar, hayvonlar va oʻsimliklar kiradi.
Organizm (lotincha, organizo — xushbichim qilaman) — jonsiz materiyadan bir qancha xususiyatlari bilan farq qiladigan tirik mavjudot. Koʻpchilik Organizmlar hujayra tuzilishiga ega. Yaxlit Organizmning shakllanishi shunday jarayonki, ontogenez va filogeneza. strukturalar (hujayralar, toʻqimalar, organlar) va funksiyalar differensiyasi va integ-ratsiyasi sodir boʻladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |